Toʻylar muborak (film) — versiyalar orasidagi farq

k
kichik o'zgarishlar, replaced: {{Reflist}} → {{manbalar}}
k
k (kichik o'zgarishlar, replaced: {{Reflist}} → {{manbalar}})
 
== Sujet ==
Kuyovni va uning [[spirtli ichimlik]] ichib ozgina mast boʻlgan doʻstlarini GAI ishchisi toʻxtatadi. Kuyov taksiga minib doʻstlarini qoldirib toʻyxonaga joʻnaydi. Taksi haydovchisining boshi aylanib koʻzi tinadi va mashinani avariya qiladi. Kuyov taksichini [[shifoxona]]ga olib boradi. Shifoxonadan chiqqanidan keyin yoshi katta erkak va uning ayoli kuyovdan oʻz „taksisida“ bir joyga olib borib qoʻyishni iltimos qilishadi. Hamma uni taksichi deb oʻylaydi. Kuyov odamlarni aytgan joylariga olib bora olmasligini aytsa ham unga quloq solishmaydi.
 
Filmning yakuniga yaqin kuyov bir ayolning uyidagi devorni [[gips]] bilan qoplash ustidan bir mardikor bilan savdolashayotganini koʻradi. Mardikor katta pul soʻragani uchun kuyov devorni tezda oʻzi gips bilan qolplashga qaror qiladi. Gipsni suv bilan qorgandan keyin dam olgani oʻtiradi va xayol sura boshlaydi. Gips tezda qotib qoladi va kuyovning oyoqlari qotgan gipsdan chiqmaydi. Kuyovni maxsus mashinada oyoqlari gipsda qotganicha toʻyxonaga olib boradilar.
 
== Manbalar ==
{{Reflistmanbalar}}
 
== Havolalar ==
23 928

ta tahrir