Globus: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
k kichik o'zgarishlar
Qator 5:
G. yasash tarixi uzoq oʻtmishdan boshlangan. Qadimda sanokligina olimlarning olam haqidagi ilmiy tugʻri tasavvurlari dastlabki G.larda uz aksini topgan. Dastlabki ibtidoiy G.ni mil. av. 2-a.da yunonistonlik Krates yasagan va u Oʻrta asr G.laridan ancha farq qilgan.
 
Sharqda dastlabki ilmiy G.ni Xorazmda Abu Rayhon Beruniy 1016 y.da yasagan (P. G. Bulgakov uni 995 y.da yasalgan deb yozgan), u faqat Shim. yarim shardan iborat eng birinchi boʻrtma (relyefli) G. boʻlib, aholi yashaydigan joylar aniq kursatilgan. G.ning diametri qariyb 5 m boʻlganligi maʼlum (masshtabi 1:2 500 000). Beruniy oʻzi yasagan G. haqida "Geodeziya" asarida yozib qoldirgan. 13-a.da Misrda ham G. ishlangan. 1492 y. Nyurnbergda nemis geografi va sayyohi Martin Bexaym (1459—1507) diametri 0,54 m li G. ("Yer olmasi")ni yasagan. Unda Yangi Dunyoni kashf kilinishi arafasidagi Yer yuzasi haqidagi tasavvurlar aks etgan. Bexaym bu G.ni yasashda asosan Ptolemey maʼlumotlariga asoslangan dunyo haritasidan foydalangan. Toshkentdagi katta G. Toshkent universiteti buyurtmasi bilan 1979—84 y.larda Perm davlat universiteti laboratoriyasida yasalgan (diametri 196 sm, ogʻirligi 490  kg , yuzasi 13 m2 ga yaqin, oʻquv maqsadlarida foydalaniladi). Bu G. ni buyurtirish va olib kelish tashabbuskori geogr. fanlari doktori, prof. H. H. Hasanov boʻlgan. Masshtabi ikki xil: gorizontal masshtabi 1:7 000 000, vertikal masshtabi 1:2 000 000. Yer yuzasidagi baland-pastliklar Yerning kattaligiga nisbatan juda kichik boʻlganligi sababli 2 xil masshtab qabul qilingan. Bunday qilinmasa G.da Yer yuzasi relyefi shakllari koʻrinmay qoladi. Yer yuzasi shakllari boʻrtma usulda, landshaftlar ranglar bilan tasvirlangan. Landshaftlarga rang tanlashda Yerning koinotdan olingan suratlari ranglaridan foydalanilgan.
 
15-a.da Samarqanddagi Mirzo Ulugʻbek qurdirgan rasadxonada ham kattagina G. boʻlgan. Unda iqlimlarning chegaralari, togʻlar, choʻllar, dengizlar va daryolar koʻrsatilgan. Binobarin, dunyodagi ikkinchi G.ni Samarkand astronomlari yasashgan. Ulugʻbekning oʻlimidan keyin u mutaassiblar tomonidan yoʻqotilgan. Samarqanddagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi va madaniyati muzeyida katta noyob bir G. saqlanadi. Mukammal ishlangan bu G.ni 1895 y. xoʻjandlik maʼrifatchi Hoji Yusuf Mirfayoz oʻgʻli musavvir va olimlar bilan hamjihatlikda yasagan. G.ning balandligi uni koʻtarib turgan tagligi bilan birga 117 sm, shar aylanasi 160 sm, masshtabi 1:2 500 000. G. gradus toʻrlariga boʻlingan. Meridian va parallellar kora rang , tropik chiziqlari va qutb doiralari kizil rang bilan chizilgan. Nolinchi meridian Grinvichdan emas, Afrikaning gʻarbidagi Yashil burun o.laridan oʻtkazilgan. Bu Abu Rayhon Beruniy G.sidagi boshlangʻich meridianga toʻgʻri keladi. G.ga kariyb mingta nom yozilgan. G.ga belbogʻ tarzida 12 burj doirasi oʻrnatilgan. Har bir burj doirasi ichida burjni anglatuvchi rasmlar — sher, qoʻy, qisqichbaqa, chayon, baliq, qoʻchqor, hoʻkiz va b. tasvirlangan. Bu Turkiston oʻlkasi mahalliy olimlari yaratgan va ilmiy jihatdan oʻz davri uchun eng mukammal G. dir.
Qator 11:
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}