Zambiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k kichik o'zgarishlar
Qator 1:
{{Zambiya_info}}
'''Zambiya''' ({{lang-en|Zambia}} {{IPA|[ˈzæmbiə]}} Zambiya Respublikasi (Republic of Zambia) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 752,614 &nbsp;km<sup>2</sup>. Aholisi 14,222,233 kishi (2013). Poytaxti — [[Lusaka]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Zambiya — respublika. [[Buyuk Britaniya]] boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya [[1996-yil]]da qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. U umumiy va toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Prezident Vazirlar Mahkamasi raisi hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va bir palatali parlament — Milliy assambleya, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Zambiya Sharqiy Afrika yassitogʻligida, Janubiy yarim sharning subekvatorial mintaqasida joylashgan. Hududida togʻ va tepaliklar uchraydi, aksar qismining balandligi — 1000—13501000–1350 m. Eng baland joyi — Muchinga togidagi Mumpu choʻqqisi (1893 m). Keng yassi botiqlarining koʻpi Sharqiy Afrika siniqlari zonasiga kiradi. Zambiyada [[mis]], [[rux]], [[qoʻrgʻoshin]], [[vanadiy]], [[temir]], [[uran]] rudalari, [[marganets]], [[grafit]], [[oltin]], [[qalay]], toshkoʻmir konlari bor. Iqlimi subekvatorial. Zambiyada yil davomida aniq uch mavsum kuzatiladi: issiq va quruq (avgust—oktyabr), iliq va sernam (noyabr— aprel), quruq va salqin (may—iyul). Eng issiq oy (oktyabr)ning oʻrtacha harorati 23—27 &nbsp;°C, eng salqin oy (iyul)niki 15—20 &nbsp;°C. Yillik oʻrtacha yogʻin janubda 700 &nbsp;mm dan shimolda 1400 &nbsp;mm gacha. Yirik daryolari: Zambezi va uning irmoqlari — Kafue va Luangva. Daryolari serostona boʻlganidan kemalar daryolarning baʼzi joylaridagina qatnaydi. Zambezi daryosida [[Viktoriya sharsharasi]] bor. Eng yirik koʻli — Bangveulu; Tanganika koʻlining janubiy, Mveru koʻlining sharqiy qismi ham Zambiya hududida. Yogʻin koʻproq yogʻadigan joylardagi qizil laterit tuproqli yerlar mavsumiy sernam tropik oʻrmon va baland oʻsadigan oʻtli savannalardan iborat. Quruq iqlimli joylarida jigarrang qizil va qizilqoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Mamlakat hududining 1/2 qismini siyrak daraxtli quruq tropik oʻrmonlar egallagan. Savannalarda [[fil]], [[buyvol]], [[karkidon]] (2 turi), [[zebra]], [[kiyik]], [[arslon]], [[qoplon]], [[chiyaboʻri]] va boshqalar bor. Qush va sudraluvchilar (jumladan nil timsohi, [[kobra]] va boshqalar) koʻp. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Setse pashshasi chorvachilikka katta ziyon yetkazadi. 20 ga yaqin milliy bogʻi (Kafue, Sioma Ngvezi, Shimoliy va Janubiy Luangva va boshqalar) bor.
 
== Aholisi ==
Aholisining 99% [[bantu oilasi]]ning turli guruhiga mansub afrikaliklar; asosiylari [[bemba]], [[tonga]], [[lozi]], [[lunda]], [[malavi]] va boshqa Yevropaliklarning aksariyati ingliz va afrikanerlar. Osiyoliklar ham bor. Rasmiy til — [[ingliz tili]]. Aholisining 80%i xristianlar boʻlib, ularning koʻplari mahalliy anʼanaviy dinlarga ham eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 42%.
 
== Tarixi ==
Qator 16:
Xoʻjaligi. 3. mustamlakaga aylangan davrdan uning iqtisodiyoti dunyo bozoriga, asosan, Buyuk Britaniyaga fakat mis va polimetallar yetkazib berishga ixtisoslashib, xoʻjaligining boshqa tarmoqlari kon sanoatiga xizmat kilib keldi. Yalpi ichki mahsulotda togʻkon sanoati 9%, i.ch. sanoati 31,8%, q.x. 18% ni tashkil etadi. Sanoati. Togʻkon sanoati va rangli metallurgiya rivojlangan. 3. mis rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Mis 6 yirik kondan kazib olinadi. Mis bilan birga kobalt, kumush va oltin ham chiqadi. Polimetall rudalari va kadmiy, gips, talk va qurilish materiallari konlari ham bor. I.ch. sanoati rangli metallurgiya korxonalaridan tashqari oziqovqat, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, metallsozlik, sement sanoati tarmoqlaridan iborat. Tegirmonlar va novvoyxonalar, kushxonalar, qand zdlari, sut mahsulotlari, sariyogʻ, mol yogʻi va oʻsimlik moyi i.ch. korxonalari, tamaki korxonalari ishlaydi. Kafueda toʻqimachilik, Lusakada paxta tozalash fkalari bor. Kime va neftni qayta ishlash sanoati oʻgʻitlar, boʻyoqlar, loklar, avtoshinalar, plastmassa va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qogʻoz sanoati rivojlanmoqda. Chilanga va Ndoladagi sement zdlari binokorlik ashyolari sanoatida yetakchilik qiladi. KapiriMposhida oyna va shisha idishlar ishlab chikaruvchi zdlar, Luanshyeda elektr simlari, kabel, shpatlar, mis va alyuminiy buyumlari, Lusakada qora metallardan turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zdlar mavjud. Mashinasozlik korxonalari orasida eng yirigi — Livingstondagi avtomobil yigʻuv zdidir. Radioapparatlar, q.x. anjomlari ishlab chiqaruvchi zdlar ham bor. Bir yilda oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chikariladi.
 
Qishloq xoʻjal i gida mamlakat iqtisodiy faol aholisining 76% band. Gʻallachilik — dehqonchilikning asosi. Asosiy q.x. ekini makkajoʻxori boʻlib, u Lunda, Mazabuka, Tonga platosi, Barotsa tekisligi, Luangva daryosi vodiysi yerlarida, tariq va joʻxori Luapula, Shim. va Shim.gʻarb viloyatlarida, Luangva, Zambezi daryolari vodiylarida yetishtiriladi. Oz miqdorda bugʻdoy ekiladi, u ichki ehtiyojning atigi 10% ini qondiradi. Sholi, paxta, yer yongʻoq, soya, kungaboqar, shakarqamish, tamaki, choy, kofe, meva ham yetishtiriladi. Mamlakat oziqovqatga boʻlgan ehtiyojlarini oʻzi qoplay olmaydi. Chorvachilikdagi mollar asosan yaylovda boqiladi. Yaylovlarda oziq kamligi va setse pashshasining koʻpligi chorvachilikni rivojlantirishga yoʻl qoʻymaydi. Mamlakatda goʻsht, sut va sut mahsulotlari yetishmaydi. 3. hududining 17% ga yaqini oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlardagi qaragʻay, evkalipt daraxtlaridan asosan konchilikda shpal va mustahkamlagich sifatida foydalaniladi, rodeziya tiki (qattiq yogʻoch) ichki bozorni taʼminlaydi va chetga sotiladi. Oʻrmonlardagi daraxtlarni kesish va qayta ishlash bilan davlat kompaniyalari shugʻullanadi. Baliqchilik — afrikalik aholining anʼanaviy mashgʻuloti. Baliq, asosan, Bangveulu, Mveru, Chishi, Tanganika koʻllarida, Kafue, Zambezi, Lua pula daryolarida, Lukanga botqokligida ovlanadi. Transporti. Z.da 2 t.y. liniyasi boʻlib, ular davlat tomonidan boshqariladi. T.y.ning uz. — 2,2 ming km. Avtomobil yoʻllari uz. — 37,4 ming km, shundan 14 ming km qattiq qoplamali. Ichki suv yoʻllarining uz. — 2250 &nbsp;km. Ichki porti Tanganika koʻlidagi Mpulungu portidir. 3. hududi orqali Dor ussalom—Ndola neft quvuri oʻtkazilgan. Xalqaro aeroportlari: Lusaka, Ndola, Livingstonda.
 
3. chetga mis, rux, kobalt, qoʻrgʻoshin chiqaradi. Chetdan mashina va asbobuskunalar, yoqilgʻi, kimyo mahsulotlari, oziqovqat oladi. Asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — kvacha. Sogʻliqni saqlash. Davlatga qarashli davolash muassasalari bepul. Bundan tashqari Lusaka va Kopperbeltda xususiy tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Vrachlar 3. universiteti huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. 3. mustaqillikka erishgach, boshlangʻich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga oʻqitila boshladi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 y.lik boshlangʻich maktabda oʻqiydi. Boshlangʻich maktabning 1— 4sinflarida darslar ona tilida, soʻng ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktab 5 y.lik. Boshlangich maktablar uchun oʻqituvchilar kichik (toʻliqsiz) oʻrta maktab negizida ped. bilim yurtlarida 2—3 y. davomida tayyorlanadi. Kichik oʻrta maktab oʻqituvchilari esa toʻliq oʻrta maktab negizida ped. kollejlarida 2 y. davomida, toʻliq oʻrta maktab oʻqituvchilari untda tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi hunar maktablarida va hunarmandchilik oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi. Lusakada unt (8 &nbsp;ft), KitveNkanada uning filiali bor. Z.da yana bir qancha int va kollejlar, shu jumladan Milliy ijtimoiy boshqaruv inti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji (hammasi Lusakada), boshqa shaharlarda ham turli kollejlar mavjud.
 
Yirik kutubxonalari: Lusakada unti kutubxonasi, kutubxonalar maxdamasi, milliy arxivi, shahar ommaviy kutubxonasi. Ndola va Kitve Nkanada ommaviy kutubxonalar bor. Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy muzeyi, Milliy mustakillik birlashgan partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar.
Qator 33:
{{manbalar}}
 
[[Turkum:Afrika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}
 
[[Turkum:Afrika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]