Miguel de Cervantes: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 1 y. → 1 yil (5), -a.da → -asrda (2) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 18:
Don '''Miguel de Cervantes Saavedra'''({{IPA|miˈɣel ðe θerˈβantes saaˈβeðra}}; [[29 sentabr]], [[1547]] – [[23 aprel]], [[1616]]) [[Ispaniya|ispan]] [[yozuvchi]]si, [[shoir]]i va [[dramaturgiya|dramaturgi]] boʻlgan. Uning ''[[Don Kixot]]'' <!-- o'rta asrlar ispanchasida "Don Quixote", lekin fonetik o'zgarishlardan keyin u "Don Quijote" shakliga kelgan; asl ismi yo'q, hisob, shuning uchun bizda o'rnashib qolgan "Kixot" deb yozaveramiz -->romani [[Gʻarb adabiyoti]] klassikasi hisoblanib, 65'dan ortiq tillarga tarjima qilingan.
 
SERVANTESU Saavedra (Cervantes Saavedra) Migel de (1547, 9.10, AlkaladeEnares — 1616.23.4, Madrid) — ispan yozuvchisi. Iyezuitlarningiyezuitlarning Valyadolida shahridagi kollegiyasida (1557—61), keyin Madridda tahsil koʻrgan. Papa muridlari bilan birga 1569 yilda Italiyaga borgan. Yevropa floti ning Lepanto yaqinida turklarga qar shi olib borgan jangida (1571 yil 7 okt.) yaralangan; vataniga qaytishda (1575) dengiz qaroqchilari qoʻliga tushib, Jazoirda 5 yil asirlikda yashagan.
 
S 1585 yil Madridda nashr etilgan "Galateya" romani bilan tanilgan. Shundan keyin u garchand 20—30 ta pyesa yozgan boʻlsada, bu asarlar izsiz ketgan. Qalam haqi evaziga turmush tebrata olmagan S. 1587 yilda Sevilyaga koʻchib borib, 1603 yilgacha dastlab harbiy, keyin oddiy fuqaro sifatida xizmat qilgan. Ispaniyaning eng yirik portlarida yashash va turli tabaqadagi kishilar bilan muloqotda boʻlish uning soʻnggi davr ijodiga katta taʼsir oʻtkazgan. 1602 yil Sevilya qamoqxonasida boshlagan "Don Kixot" romani (1-qismi) nashr etilishi bilanoq (1603) S. Yevropa miqyosida mashhur boʻlib ketadi. Romanning katta shovshuv qozonganiga havas va hasad qilgan A. Fernandes de Avelyaneda taxallusli qalamkash 1614 yilda "Don Kixot"ning soxta davomini yozib, nashr etadi. Bundan gʻazablangan S. 1615 yilda romanning haqiqiy davomi — 2-qismini eʼlon qiladi. S. "Don Kixot"ning har ikkala qismi orasida "Pandnoma hikoyalar" (1613) va "Parnasga sayohat" dostoni (1614)ni yozgan. "Persiles va Sixizmundaning sarguzashtlari" (1617 yil nashr etilgan) romani esa S.ning xastalik paytida yozib tugatgan soʻnggi asaridir. Umrining aksar qismi xorlik va zorlikda kechgan S. oʻlimi oldida rohiblikka oʻtgan.