Itsimonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 19 x [[]], imlo; + Turkum:Hayvonlar, - {{no iwiki}}
k kichik o'zgarishlar
Qator 1:
'''Itsimonlar''' ({{lang|la|Canidae}}) — [[yirtqichlar|yirtqich]] [[sut emizuvchilar]] [[oila (biologiya)|oila]]si. [[Boʻri]], [[chiyaboʻri]], [[tulki]], shimol tulkisi. Avstraliyada tarqalgan [[dingo]], [[Shimoliy Amerika]]dagi [[koyot]], [[Afrika]]dagi [[fenek]], xonaki [[it]]lar va h.k. itsimonlarning vakillaridir. [[Barmoqlar]]iga tayanib yuradi, oddingi oyogʻida beshtadan, orqa oyogʻida toʻrttadan barmoq bor (xonaki itlarning baʼzilarida beshtadan). [[Tirnoq|Tirnogʻi]] toʻmtoq, ichga tortilmaydi. Dumi baroq, ancha uzun. Junining rangi har xil, oq tulkining rangi yil fasliga karab oʻzgaradi. [[Tish]]lari kesuvchi tipda, qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. I. [[Antarktida]]dan boshqa hamma qitʼalarda tarqalgan, har xil sharoitda yashaydi. Asosan, hayvonlar, baʼzilari oʻlimtiklar bilan oziklanadi. Koʻp I. monogam, yiliga bir marta tugʻadi. Baʼzilari serpusht. Mas, shim. tulkilari 18 tagacha tugʻadi. I. yil boʻyi faol (yenotsimon itdan boshqa). I. oilasi 35 [[tur (biologiya)|tur]]ni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda 7 turi uchraydi. I.ning koʻp turlari moʻynasi uchun ovlanadi, qora tulki kabi moʻynali I. moʻynachilik fermalarida koʻplab boqiladi. [[Yenotsimon it]] [[Rossiya]]ning bir qancha viloyatlarida iqlimlashtirilgan. I.ning koʻp turlari quturish kasalligi viruslarini va gijja tuxumlarini tarqatadi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
[[Turkum:Hayvonlar]]
 
 
{{stub}}