Ichak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k kichik o'zgarishlar
Qator 1:
'''Ichak''' — odam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining bir boʻlimi; hazm yoʻli boʻlimlarga ajralgan organizmlarda (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, barcha umurtqalilarda, jumladan, odam ham) hazm yoʻlining meʼdadan keyin keladigan qismi. Asosan, sut emizuvchilar ichagi murakkab tuzilgan. Odam I. anchagina uzun, 4,5—95–9 m ga yetadi. U, asosan, qorin boʻshligʻi va qisman kichik chanokda joylashgan.
 
I.da ovqat uzluksiz harakatlanib hazm boʻladi, oziq moddalar qonga soʻriladi, hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlari najasga aylanadi. I. devori, asosan, 3 qavat. Ichki qavat — shilliq parda, undagi hazm bezlaridan hazm shirasi va shilimshiq chiqadi; shu parda orqali oziq moddalar qonga soʻriladi; bu parda kasallik mikroblariga halokatli taʼsir eta oladi. I. devoridagi ayrim limfa tugunlari va ularning toʻplamlari ham mikroblardan himoya qilish vazifasini oʻtaydi. Oʻrta qavat — halqa shaklida (ichki) va uzunasiga (tashqi) yotgan silliq muskullardan iborat, ular toʻlqin shaklida halqasimon qisqarib (q. [[Peristaltika]]), ovqatning aralashishiga, hazm shirasini shimishiga va orqa chiqaruv teshigiga tomon surilishiga yor-dam beradi. I. bezlaridan shira chiqi-shini va peristaltikani I. devoridagi nerv apparati tartibga soladi; ovqatning normal kimyoviy tarkibi xiyla oʻzgarganda va ayniqsa, ichakka zararli moddalar tushganda I. sekretsiyasi va peristaltikasi oʻzgarib, zararli moddalarning suyulishiga va tezroqchiqarilishiga yordam beradi. Tash-k,i seroz qavat — qorin pardasi I. qovuzloqlarining sirgʻanishini osonlashtiradi. Qorin pardasidan hosil boʻlgan ichaktutqich yordamida I. qorinning orqa devoriga yopishib turadi (I.ning baʼzi qismlari bundan mustasno).
Qator 8:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}