Armaniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Tarixi: imlo, replaced: Taxm. → taxminan using AWB
k kichik o'zgarishlar, replaced: {{Reflist}} → {{manbalar}}, [[File: → [[Fayl: (5)
Qator 10:
 
== Tarixi ==
[[FileFayl:Armenian Qarhunj01.jpg|250px|left|thumb]]
[[FileFayl:Artaxiad Armenia 80BC-fr.svg|250px|right|thumb|[[Tigran II]] paytidagi Buyuk Armaniston]]
Arxeologik qazishlar natijasida hozirgi Armaniston yerlarida quyi paleolitning shell va ashel davriga oid tosh qurollari topildi<ref name="Map of Ptolemey">{{cite web|url=http://vashaktiv.ru/texts/maps/ptolemey.jpg|datepublished=|title=Карта Птолемея|discription=На ней которой можно увидеть надпись Armen. левее Мидии и выше Месапотамии|lang=ru|archiveurl=http://www.webcitation.org/659qaR58X|archivedate=2012-02-02}}</ref><ref name="Map of Herodot">{{cite web|url=http://dreamworlds.ru/uploads/posts/2010-07/thumbs/1278743314_karta-mira-po-gerodotu.jpg|datepublished=|title=Карта Геродота|discription=Карта Геродота на которой так же (но несколько южнее, чем у Птолемея) можно обнаружить Армению|lang=ru|archiveurl=http://www.webcitation.org/659qnKHQY|archivedate=2012-02-02}}</ref>. Armaniston togʻ etaklarida toʻrtlamchi davrning birinchi yarmida ibtidoiy odamlar yashagan. Armanistonda neolit yodgorliklari, qishloq xoʻjalik va chorvachilikning dastlabki rivojidan dalolat beruvchi eneolit madaniyati ham ochilgan. [[1956-yil]] Sevan koʻlining suvi quritilib, arxeologik qazish ishlari oʻtkazilganda miloddan avvalgi 2 minginchi yilga oid tarixiy yodgorliklar topildi. [[Urartu]] quldorlik davlati madaniyati (miloddan avvalgi 9-asr) temir davrining yodgorligidir. Arman xalqi qadimgi hay, arman, urart va boshqalar qabilalarning birlashuvidan paydo boʻlgan. miloddan avvalgi 6-asrda arman qabilalari Urartu davlati yerlarini egallagan. miloddan avvalgi 6-asr oxirlarida Armaniston [[Eron]] [[Axomaniylar davlati]] tar-kibiga kirgan. Makedoniyalik Aleksandr Eron davlatini tor-mor keltirgach, Armaniston yerlari ham uning imperiyasiga qoʻshildi. miloddan avvalgi 4-asr oxirlarida Kichik Armanistonda va Ararat vodiysida mustaqil arman podsholiklari ajralib chiqdi. janubiy — gʻarbiy Armaniston va Jan. Armaniston tobe podsholiklar sifatida [[Salavkiylar davlati]] tarkibiga kirdi. taxminan miloddan avvalgi 220 yil Ararat podsholigi bilan Jan. Armaniston ning birlashuvidan Buyuk Armaniston tashkil topdi. Salavkiylarning rimliklarga qarshi kurashdagi magʻlubiyati (miloddan avvalgi 190 yil)dan foydalanib, Buyuk Armaniston bilan Sofena mustaqillikka erishdi. Armaniston [[Tigran II]] Artashes (miloddan avvalgi 1-asr) davrida savdo va ma-daniyati rivojlangan yirik davlatga aylandi. Mil. 1-asrdan Buyuk Armaniston Rim bilan Eron davlati oʻrtasida kurash maydoni boʻlib qoldi va inqirozga yuz tuta boshladi. 3-asr boshlarida Armanistonda feodal munosabatlar yuzaga kela boshladi. Ayniqsa, 4-asrda xristian dinining qabul qilinishi natijasida arman cherkovi feodalizmning qudratli tashkilotlariga aylandi. 387-yilda Armaniston Eron sosoniylari va Vizantiya oʻrtasida taqsimlandi. Armanistonning katta qismi Eronning vassaliga aylanib qoldi. 7-asrning 2-yarmida Armaniston [[arab xalifaligi]]ga boʻysundi. Arman xalqi bosqinchilarga qarshi bir necha bor (450 — 451, 482 — 484, 571 — 572, 747 — 750, 772 — 775, 850 — 855 yillar) qoʻzgʻolon koʻtardi. Milliy madaniyatni saqlab qolish uchun olib borilgan kurash natijasida arman feodal adabiyoti va meʼmorligi rivojlandi. 393 yilda [[Mesrop Mashtots]] arman alifbosini yaratdi. Arablarga qarshi uzoqdavom etgan kurash jarayonida bagratiylar podsholigi tashkil topdi. Bafatiylar sulolasiga asos solgan Ashot I davri (886 — 891)da arab xalifaligi va Vizantiya imperatori Armaniston mustaqilligini tan oldi. Ashot II (914 — 928) Sevan koʻli atro-fida arab qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi (921) va oʻzini Armaniston knyazlarining knyazi deb eʼlon qildi. Ashot III (953 — 977) mamlakatni birlashtirish, markazlash-gan hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizdi. Mamlakatda katta-katta inshootlar qurildi. Iqtisodiy va madaniy hayot yuksala boshladi. Dvin, Ani, Kars, [[Naxichevan]] hamda Van mamlakat-ning yirik madaniy shaharlariga aylandi. Lekin feodallarning bir-biriga qarshi urushi arman davlatini par-chalab yubordi. Vizantiya imperiyasining bosqinchilik siyosati esa mamlakatni tushkunlikka uchratdi. Armanistonni I-asrda saljuqiylar, 13-asrda moʻgʻullar, 14-asrda [[Amir Temur]] bosib oldi. 16 — 18-asrlarda [[Turkiya]] bilan Eron oʻrtasida kurash maydoniga aylandi. [[1555-yil]]da Turkiya bilan Eron oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan Turkiya Gʻarbiy Armanistonning katta qismini, Eron esa Sharqiy Armanistonni oldi. [[1801-yil]]dan Sharqiy Armaniston Eron zulmidan ozod qilina boshladi. 1828-yilgi rus-eron urushi natijasida [[Erevan]] va [Naxichevan xonliklari [[Rossiya]]ga qoʻshildi. 1877 — 78 yillardagi rus-turk urushi natijasida Kars va Gʻarbiy Armanistonning ayrim hududlari Rossiyaga qoʻshib olindi. [[1917-yil]]da hokimi-yat dashnoklar qoʻliga oʻtdi. 1918-yil yezda Turkiya Brest sulhi shartnomasini buzib, Armanistonning katta qismini bosib oldi. [[1918-yil]] noyab.da ularning oʻrnini ingliz qoʻshinlari egalladi. [[1920-yil]]da sovet hokimiyati oʻrnatiddi va Armaniston SSR tuzildi. [[1922-yil]]dan Armaniston Zakavkazye federatsiyasiga, 1936 yildan bevosita SSSR tarkibiga kirdi. [[1990-yil]] avpda Armaniston Oliy Kengashi uni Armaniston Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. [[1991-yil]] 24-sentabrda Armaniston mustaqil deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini [[1995-yil]] 27-okt.da oʻrnatgan.
 
== Siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari ==
[[FileFayl:Yerevan TV tower.jpg|thumb|right|250px|Yerevan Teleminorasi]]
Armanistonda 20 dan ortiq siyosiy partiya faoliyat koʻrsatmoqda. Bular: Armaniston umummilliy harakati, Liberal demokratik partiya, Respublika partisi, Xristian-demokratik partiya, Milliy-konservativ partiya, Milliy uy-gʻonish partiyasi, Milliy oʻzligini anglash birlashmasi, Konstitutsion huquq ittifoqi, Milliy-demokratik ittifoq. Armaniston millatparvar partiyasi va boshqalar Eng muhim jamoat tashkilotlari: Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi. Umumarman „Ayastan“ jamgʻarmasi, Respublika xotin-qizlar kengashi va boshqalar<ref>[http://radiomap.eu/am/yerevan Радиостанции Армении на http://radiomap.eu]</ref>.
 
Qator 28:
 
== Transporti ==
[[FileFayl:Station Yeraskh.JPG|thumb|right|250px|Elektropoezd]]
Mamlakatningumumiy yuk aylanmasida 56 % dan koʻprogʻi temir yoʻl ga toʻgʻri keladi. T.yillar uzunligi — 640&nbsp;km. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari — 7,7 ming km. Ham-masi qattiq qoplamali. Aviayoʻnalishlar Armanistonni MDH davlatlarining koʻpgina shaharlari bilan bogʻlaydi. Gaz quvuri tarmoklari bor.
 
== Kurortlari ==
[[FileFayl:Pushkin Pass.jpg|thumb|300px|Lori viloyatidagagi oʻrmon]]
[[Arzni]], [[Jermuk]], [[Dilijon]], [[Saxkadzor]] va boshqalar Pul birligi — [[Dram]]<ref>http://www.unece.org/env/europe/monitoring/Armenia/ru/Part%20I%20_5.pdf</ref>.
 
Qator 67:
 
== Manbalar ==
{{Reflistmanbalar}}
 
{{osiyo mamlakatlari}}