Mazhab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.lar → -asrlar using AWB
k →‎Hanafiya: kichik o'zgarishlar, replaced: [[File: → [[Fayl:
Qator 21:
=== Hanafiya ===
Hanafiya ([[Imomi Aʼzam]] maktabi.) Bu maktabga Abu Hanifa an-Nu’mon (696-767) taxallusi Imomi Aʼzam asos solgan. U eng yirik [[huquqshunos]]lardan biri bo‘lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini ishlab chiqqan, mahalliy huquq qoidalarini odatni shariat bilan kelishtirib qo‘llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan. Abu Hanifa [[fiqh]]ning asoschisi, ilohiyot mutaxassisi bo‘lgan. Hanafiya mazhabi sunniylik yo‘nalishiga mansub bo‘lgan musulmonlarning uchdan bir qismini o‘z ichiga oladi.
[[FileFayl:Madhhab Map3.png|thumb|left|300px|Mazhablar:<br />'''Sunniylik''': Hanafiya, Molikya, Shofiya, Xanbaliya<br />'''Shialik''': Jaʼfariya, Zaydiya, Ismoiliya, Xorijiya<br />'''Ibodiylik''']]
=== Molikya ===
Molikiya mazhabining asoschisi Malik ibn Onas Abu Abdulloh (721-795). Islom diniy huquq sistemasini ishlab chiqishda konservativ mavqeda turgan. Payg‘ambar [[Muhammad s.a.v.]] davridagi anʼanalarni yoqlab chiqqan, yaʼni "ashob al-hadis " (hadis tarafdorlari) oqimining namoyandasi bo‘lgan. Bu mazhab tarafdorlari [[huquq]] masalalarida ratsionalistik metodga, Yaʼni [[Qur’on]] va [[hadis]]larni aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. Dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi davrda [[Molikiya mazhabi]] [[Tunis]], [[Jazoir]], [[Marokash]], [[Liviya]] va ayrim boshqa mamlakatlarda musulmonlar o‘rtasida taʼsirga ega.