Gips: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k kichik o'zgarishlar
Qator 1:
'''Gips''' (yun. gypsos — boʻr, ohak) — 1)tabiiy G. — mineral; suvli kalsiy sulfat tuzi CaSO42H2O; tarkibida sof holda SaO (32,56%). SO3 (46,51%), N2O (20,93%) boʻladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari plastinkasimon, ustunsimon, ninasimon va tolasimon koʻrinishda boʻladi. Koʻpincha, tutash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruxlar tarzida uchraydi. Toza G. rangsiz va shaffof; tarkibida qoʻshilmalar boʻlgani kulrang , sargʻish, qoʻngʻir va b. rangli boʻladi. Mineralogik shkala boʻyicha qattikligi 1,5—2; zichligi 2300  km/m3. 20° da suvda eruvchanligi 2,05 g—l. 170° atrofida qizdirilganda yarimgidrat CaSO4 0,5 N2O (alebastr) ga, undan yuqori t-rada esa angidrid CaSO4 ga aylanadi. G. suvi kuriy boshlagan koʻl va dengiz havzalarida sulfat tuzlarining choʻkishidan paydo boʻladi. G. zaxiralari esa asosan gidrotermal jarayonlar hamda angidridning gidratlashishi natijasida hosil boʻladi. Gips qatlamlari Oʻzbekistonning Fargʻona (Quvasoy), Buxoro (Kogon) va Surxondaryo viloyatlarida topilgan; 2) qurilish G.— CaSO40,5H2O — havoda tez birikadigan va tez qotadigan bogʻlovchi modda; tabiiy G.ni 140—190° t-rada pishirib olinadi. Qovushoq materiallar tayyorlashda, gips-beton, gips-beton buyumlar, koshinkor toshlar, boʻyoqlar i.ch.da, tibbiyotda (gips bogʻlovchilar tayyorlashda), haykaltaroshlikda, suvoqchilik ishlarida ishlatiladi.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Minerallar]]
 
 
{{stub}}