Half-Life: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 39:
*'''Nihilant (Nihilanth)''' Mana, nihoyat, fazolararo teshikni yopishga moneʻlik qilayotgan oʻsha mavjudot. Frimen Ksendagi maxluqlardan qochib, [[Nihilant]]ni yoʻq qilishi kerak. Nihilant oʻlimidan soʻng qulab tushayotgan gʻorda Frimenning oʻzi ham halok boʻlishi mumkin edi, lekin uni u yerdan allaqanday [[G-man|keys tutgan kishi]] chiqarib oladi. Ayon boʻladiki, Frimen nafaqat insoniyatni qutqargan, balki Ksenni odamlar tomonidan fath etilishiga ham tayyorlagan ekan. Frimen uni beburdlarcha ishlatishganini anglagandan soʻng keys ushlagan kishi uning oldiga shart qoʻyadi: yoki uning hukumat tarafga oʻtib ishlash taklifini qabul qiladi, yoki maxluqlar qoʻshini oldida qurolsiz qolib, halok boʻladi.
== Nihoya ==
Oʻyinning tushunarsiz nihoyasi [[geymer]]lar orasida koʻplab savollar tugʻdirdi, lekin bu oʻyinning davomi chiqarilishi va shu bilan barcha savollarga javob topish mumkinligiga umid paydo qildi. Valve kompaniyasi aynan shunday yoʻl tutdi - [[Half-Life 2]] nashr etildi. Lekin u yanada koʻproq savollar hosil qildi.
Oʻyin oxirida Frimen avvalboshda Mesa majmuasi boʻylab safar qilgani kabi vagonda paydo boʻlib qoladi. Vagon bamisoli fazoda uchib ketayotgandek, Frimenning roʻparasida esa keys tutgan [[G-man]] turibdi va unga "ish" yoki "yutish iloji yoʻq jang" taklif qilayapti. Vagonning ochilgan eshigi ortidagi teleportga sakrab, Frimen G-manning ish haqidagi taklifiga rozi boʻladi; aks holda esa, yaʻni vagonda G-man bilan harakatlanishda davom etsa, eshik yopilib, Frimen toʻsatdan oʻzga sayyoralik askarlar bilan toʻlib-toshgan joyga ([[Xen|Ksen]]ga, deb taxmin etiladi) [[teleportatsiya]] etiladi ("yutish iloji yoʻq jang" - Frimenning na himoya kiyimi, na qurol-yarogʻi bor). Har ikki holda ham oʻyin yakunlanadi: Frimen yoki "yollandi" (bu haqda tegishli titrlarda yoziladi), yoki halok boʻladi. Birinchi holda ayniqsa koʻp savollar tugʻiladi. Bu savollarga ikkinchi oʻyinda qisman javob topiladi, biroq baʻzi savollar hamon javobsiz (jumladan, keys tutgan kishining kimligi).
 
Shunisi qiziqki, Frimen "yollanishi" bilan tugaydigan holda chiquvchi titrlar saqlangan [[fayl]] TRAITOR (sotqin),deb nomlangan, ikkinchi holdagi fayl esa LOSER (magʻlub), deb atalgan.
{{Half-Life}}