Mikrofon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link GA template as it is now available in wikidata
k kichik o'zgarishlar, replaced: [[Image: → [[Fayl:
Qator 1:
[[ImageFayl:Microphone U87.jpg|thumb|upright|Georg Neumann|Neumann U87 mikrofoni]]
'''Mikrofon''' (mikro... va ... fon) - tovush tebranishlarini elektr tebranishlarga aylantiradigan elektr akustik asbob. Tovush kuchaytirib uzatish (eshittirish) uchun qoʻllaniladi. Koʻmirli, elektrodinamikli, kondensatorli, elektretli, pyezoelektrli; tovush uzatish yoʻnalishi jihatdan -yoʻnaltirilmagan, bir tomonga yoʻnaltirilgan (kardioid) va ikki tomonga yoʻnaltirilgan xillari bor. Koʻmirli M.ni birinchi marta rus ixtirochisi M. Mahalskiy (1878) va undan bexabar ravishda P. M. Golubitskiy (1883) yaratishgan. Kumir yoki metall membrana tovush toʻlqinlari taʼsirida tebranib, zichlikni oʻzgartiradi, natijada piston va membranaga tegib turgan kumir kukuni elektr qarshiligini oʻzgartiradi. M. orqali oʻtayotgan tok kuchi oʻzgaradi. Hosil boʻlgan im-pulyelanuvchi (telefonga ulangan oʻtkazgich orqali kelayotgan) tok tele-fondagi membranani M.dagi membranaga mos ravishda tebratadi. Elektrodinamikli M.da yupqa polistirol parda yoki alyuminiydan tayyorlangan diafragma magnit tizimning halqasimon tirqishida joylashgan ingichka simda oʻralgan gʻaltakka biriktirilgan. Tovush toʻlqinlari taʼsirida diafragma tebranganda gʻaltak oʻramlari magnit kuch chiziqlarini kesib oʻtadi va gʻaltakda e.yu.k. hosil boʻladi. Bu e.yu.k. uning qismlarida oʻzgaruvchan kuchlanishni vujudga keltiradi.
 
Qator 15:
* [http://www.coutant.org/contents.html Eski mikrofonlar haqida maʼlumot {{ref-en}}]
* [http://users.belgacom.net/gc391665/microphone_history.htm Mirofon tarixi {{ref-en}}]
 
 
 
{{OʻzME}}