Igna: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k kichik o'zgarishlar
Qator 1:
'''Igna''', nina — 1) tikuvchilik, trikotaj ishlab chiqarish, matbaa va b. da keng ishlatiladigan tikuv quroli. Tikuvchilik I. sining qoʻlda va mashinada tikadigan xillari bor; qoʻlda tikadigan I. xilma-xil yoʻgʻonlikdagi poʻlat simdan suyri, oʻtkir, ip oʻtka-ziladigan teshikli qilib yasaladi. Ular uzunligi va diametriga qarab raqamlarga boʻlinadi (mas, 1 dan 9-rakamgacha boʻlgan I. ning yoʻgʻonligi 0,6 dan 1,0 &nbsp;mm gacha, uz. 30 dan 50 &nbsp;mm gacha). Kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak va h. k. ti-kishda ishlatiladi. Katta-kichikligi va yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab, chok I. si (chok tikish uchun), qaviq I. si (qavish uchun), palak I. si (palak tikish uchun), soʻzan I. si (hurjun, toʻrva, etik, mahsi va h. k. tikish uchun), mashina I. si (tikuv mashinalari uchun) kabi xillarga boʻlinadi. I. yuzdan bir mm larda ifodalangan raqamlar (№60—0,60 &nbsp;mm, №120—1,2 &nbsp;mm) boʻyicha birbiridan farq qiladi. Trikotaj I. si trikotaj mashinasining izma (petlya) hosil qiluvchi qismi. Ilgakli, tilli va oʻyikli xillari koʻp tarqalgan; 2) tibbiyotda — jarroxlik operatsiyalarida yaralarni tikish uchun ishlatiladigan qurol; katta-kichik va turli yoʻgʻonlikdagi I. lar boʻladi. Shuningdek, shprits I. lari ham bor; 3) matbaa I. si - yogʻoch dastaga mahkamlangan, uchi kesik konus yoki kurakcha koʻrinishidagi ingichka poʻlat sterjen; odatdagi tikuvchilik I.siga oʻxshash boʻladi. Ofort (naqsh) va gravyuralar hosil qilishda qoʻllaniladi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}