Advokat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (4) using AWB
k link, replaced: (q. Advokatura) → (qarang Advokatura) using AWB
Qator 1:
'''Advokat''' (lot. advocatus, advocare — yordamga chaqirish) — yuridik yordam ko‘rsatuvchi shaxs. Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, tergov harakatlari yuritil-ganda va sud majlisida, fuqaroviy ish-lar sudda, xo‘jalik nizolari xo‘jalik sudlarida yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar sudya yoxud vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomoni-dan ko‘rilganda ishtirok etadi, qonunda belgilangan vakolatga ega bo‘ladi. O‘zR "Advokatura to‘g‘risida"gi Qonunida (1996 y. 27 dek.) ko‘rsatilishicha, oliy yuridik ma’lumotli va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olgan O‘zR fuqarosi O‘zRda A. bo‘lishi mumkin.O‘zR "Advokatlik faoliyatining ka-folatlari va avdokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida"gi Qonunida (1998 y. 25 dek.) A.lik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi, faoliyatining asosiy prin-siplari, A. qasamyodi, vakolatlari, mustaqilligini ta’minlash, daxleizli-gi, A.lik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va uning himoyalanishini ta’minlash, A.ning ijtimoiy himoyasi choralari va boshqa belgilab berilgan.A. jismoniy va yuridik shaxslar-ga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida: huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan og‘zaki va yozma ma’lumotlar beradi; huquqqa oid arizalar, shikoyat-lar va boshqa hujjatlarni tuzadi; fuqarolik ishlari hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuri-dik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi; jinoiy ishlar bo‘yicha surish-tiruvda, dastlabki tergovda va sudda himoyachi; jabrlanuvchi, fuqaroviy da’-vogar, fuqaroviy javobgarning vaki-li; agar gumon qilinuvchi, ayblanuv-chi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining man-faatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari o‘zaro mos kelmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafida ishtirok etish uchun qaror yoki ajrim bilan advokat si-fatida katnashadi (Qonunning 5-modda l-qismi va O‘zR Jinoyat-protsessual ko-deksi (JPK) 49-, 55-, 59-.60-, 62-mod-dalari). A. jinoyat ishi bo‘yicha o‘z vazi-fasini amalga oshirish munosabati bilan bilgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas (O‘zR JPK 53-modda 3-qismi). Advokatura to‘g‘risidagi Qonunda "ad-vokat himoyachilik yoki vakillik vazi-188fasini bajarayotganda o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin emas"ligi qatiy belgilangan (10-modda 2-qism).A. tadbirkorlik faoliyatiga va xo‘jalik nizolari to‘g‘risidagi ish-lar bo‘yicha yuridik xizmat, qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa tur-dagi yuridik yordam ham ko‘rsatishi mum-kin.A. kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida quyidagi huquqlarga ega: tegishli masalalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuri-dik shaxslarning topshirig‘iga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquklarini himoya qilish; sudlar-da, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqayotgan organlarda dalil sifatida foydalani-shi mumkin bo‘lgan faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash; yuridik yordam ko‘rsatilishi munosabati bilan davlat or-ganlaridan hamda jamoat birlashmala-ridan zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish; unga vakolat bergan yoki uning himoyasida ish yuritayotgan sudga va boshqa davlat organlariga to‘plangan materi-allarni taqsim etish; mansabdor shax-slarga iltimosnoma va shikoyat berish hamda ulardan yozma tarzda dalil-isbot-li javob olish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish. Jinoiy ishni ko‘rib chiqishda qatnashishga tayinlangan A. fuqaroning to‘lovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam ko‘rsatishdan bosh tortishga haqli emas. A. davlat xizmati-da turishi ham mumkin emas. Qonunning 9-moddasida u A.lik sirini saqlashi shartligi alohida ta’kidlangan. A. o‘z kasbiy vazifalarini bajarayotganida unga biror-bir shaklda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, A.lik dalillari (ashyo-lari), hujjatlari undan olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi, shuningdek, o‘zi yuridik yordam ko‘rsatayotgan shaxslar bilan uchrashish huquqi cheklanishi, uning ish yuzasidan huquqiy nazari xususida su-rishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek, sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.A.lik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy A.lik amali-yoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslar mustaqil, ko‘ngilli kasbiy birlashma-larini o‘z ichiga olgan, advokatura nomi bilan ataluvchi huquq muassasasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatadi (q.qarang [[Advokatura]])."Advokatura to‘g‘risida"gi O‘zR qonunida advokatning yordamchisi bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
 
== Adabiyotlar ==