Elam tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi (6) using AWB
k andoza til, replaced: {{stub}} → {{lang-stub}} using AWB
Qator 1:
{{Til
| nom = Elam tili
| milliy nom =
| mamlakatlar =
| biluvchilar =
| o'rin =
| til oilasi =
| rasmiy =
| yozuv =
| iso1 =
| iso2 =
| iso3 =
}}
'''Elam tili''' — qadimiy Elam davlatida va Eron togʻliklarining jan. qismida miloddan avvalgi 3—1-ming yilliklarda yashagan xalqning (oʻlik) tili. Dravid tillari bilan qarindoshligi aniqlangan. Elam tilining ilk yodgorliklari — ibodatxonalarning xoʻjalik hujjatlari — kdd. elam davriga (miloddan avvalgi 30—24-asrlar) mansub boʻlib, ilk elam rasmli (iyeroglifik) soʻzboʻgʻin yozuvida yozilgan (hali toʻliq oʻrganilmagan). Ushbu davr oxirlarida Elam tilida chiziqli boʻgʻinli elam yozuvi va akkad mixxati qoʻllana boshlagan (13-asrga mansub podsholik bitimlari). Oʻrta elam davrida yodgorliklarning matnlari mixxatda bitilgan (miloddan avvalgi 14—12alar). Yangi elam davriga podsholik yozishmalari, xoʻjalik hujjatlari mansub (miloddan avvalgi 8—6-asrlar). Urartu hududidan Elam tilidagi badiiy matn (miloddan avvalgi 8-asr) topilgan. Miloddan avvalgi 6— 4-asrlarda Axomaniylar davlatining Eron hududida Elam tili rasmiy til hisoblangan. Ushbu tildagi koʻpdankoʻp yaxlit matnli yodgorliklar ayni shu davrga mansub. Biroq uning leksikasi, koʻplab kalkalari, sintaksisi, uslubi qadimiy fors tilining kuchli taʼsiriga uchragan edi. Elam tili ilk oʻrta asrlargacha saqlanib qolgan, degan taxminlar mavjud.
 
Qator 6 ⟶ 19:
 
 
{{lang-stub}}