Habib Yusufiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Habib Yusufiy''' (taxallusi; asl ismi - Habibullo Yusufov, 1916 - yil, 14 - fevral, [[Samarqand]], [[O'zbekiston]] - 1945 - yil, 224 - fevral, [[Varshava]], [[Polsha]]) — mashhur vatanparvar tojik [[shoir]]i va [[tarjimon]]i.
1916 — yil 14 — fevral kuni Samarqanddagi mudarris oilasida dunyoga kelgan. Yetti yoshidan maktabga borib, yetti yillik maktabni bitirgach Samarqand erkaklar pedagogik texnikumiga oʻqishga kirdi. U adabiy toʻgaraklarning doimiy aʼzosi edi. Toʻgarakda tekshirilgan va ommaga manzur boʻlgan sheʼrlari devoriy gazetaga chop etilardi.
1935 — yil texnikumni bitirib, oʻrta maktablarda tojik tili va adabiyoti fanidan dars berar, shu bilan bir qatorda 1936 — yildan O'zbekiston davlat universitetining filologiya fakultetida kechki payt taʼlim olardi. Kechki taʼlimdan voz kechib, 1937 — yil sentabridan kunduzgi taʼlimda oʻqidi. U yerda yaxshi tahsil olgani va jamoat ishlarida faolligi uchun koʻp mukotlar bilan taqdirlashgan. Talabalik yillarida uning ilk sheʼriy toʻplami „Vatan taronasi“ (1939) nomi bilan nashrdan chiqdi va unga katta shuhrat keltirdi. Shu yili u Tojikiston [[Yozuvchilar uyushmasi]]ga a'zo bo'ldi. Universitetni bitirgandan soʻng, 1940 — yil [[Dushanbe]]ga borib [[Tojikiston]] fanlar akademiyasining [[adabiyot]] va [[tarix]] filialida ilmiy xodim etib tayinlandi.