Anemiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Adabiyotlar: Turkum:Simptom:Bosh ogʻrigʻi using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Qator 1:
{{Maʼnolari|Anemiya (maʼnolari)}}
'''Anemiya'''daşşağ (yun.yunanca andaş inkor qo‘shimchasi va haima — qon), kamqonlik — qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi, sifatining o‘zgarishi bilan kechadigan kasallik. A.ga qon yaratilish jarayonining buzilishi, to‘satdan yoki surunkasiga qon yo‘qotish, qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ning ko‘p parchalanishi, asosiy qon yara-tuvchi to‘qima — ko‘mikning o‘z funksiya-sini yetarli bajara olmay qolishi sabab bo‘lishi mumkin. Temir va vitamin V12 yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan A. birmuncha keng tarqalgan. Oz-ozdan uzoq vaqt qon ketib turganda, mas, ba-vosir yoki me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligida ham ko‘pincha A. ku-zatiladi. Hayz qoni uzoq va ko‘p keta-digan ayollarda ham temir yetishmasli-gidan kelib chiqadigan A. tez-tez uchrab turadi. Temir yetishmasligiga aloqador A.ga bot-bot homilador bo‘lish, uzoq vaqt bola emizish sabab bo‘ladi, chunki homiladorlik va emizuklik davrida ona organizmidagi temir zaxirasining bir qismi bolaga o‘tadi. Kichik yoshdagi bo-lalarda kuzatiladigan kamqonlik ular-ni noto‘g‘ri ovqatlantirish, shuningdek ovqatning kam-ko‘st bo‘lishi oqibatida ro‘y beradi. Eritrotsitlar soni sal ka-maygani yoki raso bo‘lgani holda, qonda gemoglobin miqdorining ozayishi te-mir yetishmasligiga aloqador Aning aso-siy belgilaridandir. Bemorning rangi siniqqan bo‘lib, aksariyat tez charchash, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘z oldi jivirlashishidan shikoyat qiladi, soch to‘kiladi, tirnoq mo‘rtlashib sinishga moyil bo‘lib qoladi. Ba’zan yutinish qiyinlashadi, bemorning odatda iste’-mol qilinmaydigan narsalar (bo‘r, ohak, gilvata va h.k.)ni yegisi keladi, achchiq, sho‘r taomlarni xush ko‘radi. Temir yetish-masligiga aloqador A.ning oldini olish va davolashda qon yo‘qotish ehtimoli bo‘lgan manbalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, homilador bo‘lish va tug‘ishni ma’lum darajada re-jalashtirishga erishish, bekamu ko‘st ovqatlanishga rioya qilish lozim.Vitamin V12 yoki folat kislota yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan A. ancha kam uchraydi. A.ning bu xilida o‘ziga xos alomatlar: til achishishi, ka-sallik o‘tkazib yuborilganda nerv siste-masining zararlanish (funikulyar miye-loz) belgilari kuzatiladi. Bu xil A.ning oldini olish uchun me’da-ichak yo‘lining surunkali kasalliklari, ayniqsa ich ketishi bilan o‘tadigan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlab davolash juda muhim. Gijja tarqalgan joylarda ulardan za-rarlanishning oldini olish choralarini ko‘rish zarur, kasallik paydo bo‘lganda esa o‘z vaqnida davo qilish lozim. Eri-trotsitlarning ko‘plab yemirilishi bilan bog‘liq gemolitik A. xillari ko‘p. Ular irsiy yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin, odatda teri hamda shilliq qavatning sarg‘ayishi, eritrotsitlar soni va [[gemoglobin]] miqdorining kamayishi bilan kecha-di. Barcha xil A.da vrachga murojaat etish va o‘z vaqtida to‘g‘ri davolanish zarur.
 
Anemiyalar klassifikatsiyasi: