Siyosat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
-{{poli-stub}}
+tuzatish
Qator 7:
Siyosatni tushunishga turli xil yondoshuvlar bor. Ular teologik, tabiiy, sotsial, ratsional-tanqidiy yoʻnalishlarda siyosatning tabiatini tushunish va tushuntirish bilan bogʻliq qarashlardir. Mustabid Sovet davrida siyosatni ijtimoiy-sinfiy nuqtai nazardan tushunish, uning ustuvor yoʻnalishini belgilashsa muayyan ijtimoiy qatlam (proletariat) manfaatidan kelib chiqqan holda baholash odat boʻlgan. Bunday yondoshuv siyosatning mohiyatini noxolisona tushunishga olib keldi va inson siyosatning passiv obʼyektiga aylantirildi. Natijada inson siyosat bilan emas, balki siyosat inson bilan shugʻullana boshladi. Oxir oqibatda siyosat sinfiy manfaatlar asosida haddan tashqari mafkuralashib ketdi. Siyosat demokratik, umuminsoniy tamoyillardan ajratilib, milliy-maʼnaviy xususiyatlarni hisobga olmaydigan holga keltirildi, asl mohiyatiga zid boʻlgan maʼno kasb etdi. Siyosat "boshqarish sanʼati"ga emas, aksincha, zoʻrlik, taʼqib etish vositasiga aylandi. Davlat boshqaruvida manfaatlar uygʻunligi buzildi. Siyosiy hayotda "davlat — jamiyat — inson" munosabati qaror topib, davlat manfaati jamiyat va inson manfaatidan ustun boʻlib qoldi.
 
Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosati yangicha maʼno va mazmun kasb eta boshladi. Bu siyosat, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis siyosiy institutlar faoliyati orqali amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda demokratiyaning umuminsoniy prinsiplariga rioya qilinishi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Bu hol bugungi Oʻzbekiston olib borayotgan siyosatning asosiy mohiyatini, uning insonparvar siyosat ekanligini belgilaydi.<ref>Ibodulla Ergashev. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Adabiyot ==