Anvar Azimov: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„ '''Azimov, Anvar Sarvarovich''' (22-noyabr, 1950-yil) - rossiyalik taniqli diplomat. U 1950-yilning 22-noyabri...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
7-Yanvar 2016, 13:38 dagi koʻrinishi
Azimov, Anvar Sarvarovich (22-noyabr, 1950-yil) - rossiyalik taniqli diplomat. U 1950-yilning 22-noyabrida yozuvchi va diplomat Sarvar Azimovlar oilasida Toshkentda tavallud topgan. Millati jihatidan - Oʻzbek.
Tarjimai holi
Anvar Azimov 1973-yilda Moskva Davlat Xalqaro aloqalar Institutining (ruscha: МГИМО) "Xalqaro aloqalar" sohasini tamomlab va shu yilning o'zida diplomatik faoliyatini boshlagan.
Faoliyati
- 1994-1998-yillarda Rossiyaning Hindistondagi elchihonasida maslahatchi elchisi.
- 1998-2000-yillarda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi (TIV) qoshidagi uchunchi Osiyo departamenti direktori o'rinbosari.
- 2000-2002-yillarda Rossiyaning Yugoslaviyadagi maslahatchi elchisi, hamda Bosniya va Gersogovina boʻyicha Yuqori kengashida Rossiyaning vakili sifatida.
- 2003 - 2005-yillarda Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi (TIV) qoshidagi Umumyevropa hamkorlik departamenti direktori o'rinbosari.
- 2005-yilning 10-oktyabridan[1] to 2008-yilning 31-iyuliga qadar Rossiya Federatsiyasining Zambiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi[2].
- 2008-yilning 31-iyulidan[3] по 7 июня 2011 года [4] to 2011-yilning 7-iyuniga qadar Venadagi Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotida Rossiya Federatsiyasining doimiy vakili.
- 2011-2015-yillarda Rossiya Federatsiyasining Tashqi Ishlar vazirligining muhim vazifalar bo'yicha elchisi.
- 2015-yilning 30-iyunidan [5] Rossiya Federatsiyaning Xorvatiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi.
Diplomatik rang
2009-yilning 17-noyabrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti qaroriga ko'ra Anvar Azimovga Favqulodda va Muxtor elchi darajasi munosib koʻrilgan[6].
Mukofotlari
- Sharaf ordeni (8-iyul, 2011-yil) — Rossiya Federatsiyasining Tashqi siyosatini amalga oshirishda qoʻshgan ulkan hissasi va uzoq yillik diplomatik hizmatlari uchun taqdirlangan[7].
- 2013-yilda Vladimir Putin farmoniga oid Rossiyaning I - darajali diplomati unvoni bilan taqdirlangan...
Manbalar
- ↑ Указ Президента Российской Федерации от 10.10.2005 № 1188 «О назначении Азимова А.С. Чрезвычайным и Полномочным Послом Российской Федерации в Республике Замбии»
- ↑ Указ Президента Российской Федерации от 31.07.2008 № 1155 «О Азимове А.С.»
- ↑ Указ Президента Российской Федерации от 31.07.2008 № 1156 «О назначении Азимова А.С. Постоянным представителем Российской Федерации при Организации по безопасности и сотрудничеству в Европе (ОБСЕ) в Вене, Австрийская Республика»
- ↑ Указ Президента Российской Федерации от 07.06.2011 № 709 «О Азимове А.С.»
- ↑ Указ Президента Российской Федерации от 30.06.2015 № 333 «О назначении Азимова А.С. Чрезвычайным и Полномочным Послом Российской Федерации в Республике Хорватии»
- ↑ Указ Президента Российской Федерации от 17.11.2009 № 1295 «О присвоении Азимову А.С. дипломатического ранга Чрезвычайного и Полномочного Посла»
- ↑ Указ Президента Российской Федерации от 14.06.2010 № 717 «О награждении государственными наградами Российской Федерации Азимова А.С. и Калинина А.В.»