Toʻylar muborak (film): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 20:
| gross =
}}
„'''Toʻylar muborak'''“ ({{lang-ru|Подарю тебе город}}) — [[Eduard Xachaturov]] 1978-yil yaratgan oʻzbek kinokomediyasi.<ref>{{cite web|title=Podaryu tebe gorod: Information about the Movie|url=http://www.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/15701/annot/|work=Kino-Teatr|accessdate=12 September 2014|language=Russian}}</ref> Bosh rolda Oʻzbekiston xalq artisti [[Obid Yunusov]] oʻynagan.<ref>{{cite web|title=BBC's Guest: The Famous Actor Obid Yunusov|url=http://www.bbc.co.uk/uzbek/news/story/2009/03/090317_talkingpoint_obid_yunusov.shtml|work=BBC's Uzbek Service|accessdate=9 March 2012|date=17 March 2009|language=Uzbek}}</ref> Filmda koʻngilchanligi tufayli oʻz toʻyi kuni koʻp odamlarga yordam beraman deb, oʻz toʻyiga zoʻrgʻa yetib keladigan kuyov haqida hikoya qilinadi.
 
== Sujet ==
Kuyovni va uning [[spirtli ichimlik]] ichib ozgina mast boʻlgan doʻstlarini davlat avtomobil nazorati ishchisi toʻxtatadi. Kuyov doʻstlarini qoldirib, taksida toʻyxonaga joʻnaydi. Taksi haydovchisining boshi aylanib, koʻzi tinadi va mashinani avariya qiladi. Kuyov shoshib turgan boʻlsa-da, taksi haydovchisini shifoxonaga olib boradi. Shifoxonadan chiqqanidan keyin yoshi katta erkak va uning ayoli kuyovdan oʻz „taksisida“ ularni bir joyga olib borib qoʻyishini iltimos qilishadi. Hamma uni taksi haydovchisi deb oʻylaydi. Kuyov odamlarni aytgan joylariga olib bora olmasligini aytsa ham, unga quloq solishmaydi.
 
Filmning yakuniga yaqin kuyov bir ayolning uyidagi devorni [[gips]] bilan qoplash yuzasidan bir mardikor bilan savdolashayotganini koʻradi. Mardikor katta pul soʻragani uchun kuyov devorni tezda oʻzi gips bilan tezda qolplashga qaror qiladi. Gipsni suv bilan qorgandan keyin dam olgani oʻtiradi va xayol sura boshlaydi. Gips tezda qotib qoladi va kuyovning oyoqlari qotgan gipsdan chiqmaydi. Kuyovni maxsus mashinada, oyoqlari gipsda qotgan holda toʻyxonaga olib boradilar.
 
== Manbalar ==