Termiz tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 62:
}}
 
'''Termiz tumani''' - Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. Jan. va gʻarbdan Afgʻoniston, sharkdan Tojikiston, shim. dan viloyatning Angor va Jarqoʻrgʻon, shim.gʻarbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,86 ming km². Aholisi 78,6 ming kishi (2004). Tumanda 5 qishloq fuqarolar yigʻini (Pattakesar, Paxtaobod, Uchqizil, Xotinrabot, Yangiariq) bor. Markazi — Uchqizil qishlogʻi. Yana bir ko'zga ko'ringan joylaridan biri Angor tumanidagi Qoraqir qishlog'idir. Qishloq o'z polvonlari hamda sabzavotchilik, meva hamda chorvachilikda eng ilg'or xisoblanadi.
 
Tabiati. Termiz tumani respublikaning eng jan.da, Termiz sh. yaqinida joylashgan. Tuman hududining sharqiy qismi Hisor togʻ tizmasining davomi Toʻyintogʻ, Kaykitogʻ va uning etaklari, Xotinrabot va Qiziriq choʻllari hamda uning davomi — Qoraqir, Uchqizil, Kattaqum massivi, Eski Termiz adirlari va qirlari bilan band. Bu yerlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Jan. va gʻarbi — Surxondaryoning Amudaryoga quyilgan qismi va Amudaryo, Surxondaryo sohillaridan iborat boʻlib, tuprogʻi taqir va shoʻrxok. Amudaryo, Qorasuv, Sherobod daryolari tuman hududi orqali oʻtadi. Foydali qazilmalardan neft topilgan. Tuprogʻi, asosan, och sargʻish qum aralash tuproq. Adir va soyliklarda (shim.gʻarbida) qoʻngʻir qum tuproq boʻlib, chirindisi ancha kam. Surxondaryo sohillarida toʻqay qoʻngʻir tuprogʻi va qum tuproq uchraydi. Oʻsimliklardan oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, terak, qiyoq, qamish; togʻlarning baland qismida betaga, daraxt va butalardan archa, yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi. Amudaryo vodiysida toʻqayzorlar bor.