Friedrich Engels: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Engels.jpg|thumbnail|Engels Fridrix]]
'''Engels Fridrix''' (1820.28.11, Barmen, Germaniyaning Vuppertal shahri — 1895.5.8, London) — mutafakkir va jamoat arbobi, marksizm asoschilaridan biri. Fabrikant oilasida tugʻilgan. 1841— 42 yillarda Berlinda harbiy xizmatni oʻtash davrida untga kelib maʼruzalar tinglab turdi. 1842 yil Manchester (Buyuk Britaniya) ga koʻchib kelib fabrika idorasida ishladi; "Reyn gazetasi"da hamkorlik qildi. Parijda 1844 yil K.Marks bilan boʻlgan uchrashuv ularning doʻstligiga asos soldi. E. "Kommunistlar ittifoqi"ni tashkil etishda (1847) va uning faoliyatida ishtirok qildi. Marks bilan birga ittifoq dasturi — "Kommunistik partiya manifesti"ni yozdi (1848). 1848 yil iyun — 1849 yil mayida Kyolnda Marks bilan birgalikda "Yangi Reyn gazetasi"ni nashr etdi, 1849 yil Janubiy Gʻarbiy Germaniyada qurolli qoʻzgʻolonda qatnashdi. 1849 yil noyabrda Londonga koʻchib keldi, 1850 yil noyabrda esa Manchesterga kelib, savdo idorasida ishlay boshladi. 1870 yildan Londonda yashadi; Marksga doimiy moddiy yordam berib turdi. U bilan birga I Internatsional faoliyatiga rahbarlik qildi. Marks vafotidan keyin E. Yevropa sotsialistlarining maslahatchisi va rahbari boʻldi. Asosiy asarlari: "Angliyada ishchilar sinfining ahvoli" (1845), "Muqaddas oila" (1845), "Nemis mafkurasi" (1845—46) (keyingi ikkalasi K. Marks bilan birgalikda yozilgan), "Germaniyada dehqonlar urushi" (1850), "Germaniyada inqilob va aksilinqilob" (1851—52), "AntiDyuring" (1878), "Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi" (1884), "Lyudvig Feyerbax va nemis klassik falsafasining oxiri" (1886), "Tabiat dialektikasi" (1873—82; 1925 yil bosilib chiqqan), "Fransiya va Germaniyada dehqonlar masalasi" (1894). E. Marks bilan birgalikda yaratgan taʼlimot tarixiy taraqqiyotga,hayotning obʼyektiv qonuniyatlariga zid edi. Bu taʼlimot 20-asrda dunyoning katta qismida muayyan sinf mafkurasiga aylantirilib, jamiyatning barcha aʼzolarini unga boʻysundirishga harakat qilindi. Bunday taʼlimot amal qilgan ijtimoiy tuzumda mulkka egalik, shaxs erkinligi, inson huquklari poymol etilishi natijasida oʻta salbiy ijtimoiy jarayonlar sodir boʻldi.