Tarjimon (gazeta): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
"TARJIMON" Dragoman, (araparab.) — Boqchasaroyda Ismoil Gasprinskiy muharrirligida chop etilgan gazeta. 1soni 1883 y. 10 aprel
 
da chiqqan va shartnomaga koʻra ikki — mahalliy va rus tilida boʻlib, biri ikkinchisining aynan tarjimasidan iborat boʻlgan. Keyinchalik I. Gasprinskiy mavzular doirasidan tarjimalar nisbati va koʻlamigacha oʻzgartirib borishga va gaz.ni turkislom dunyosining , ayniqsa Rossiya musulmonlarining chinakam milliy gaz.siga aylantirishga erishgan. Gaz. 1914 y. 11 sent. — Ismoilbek Gasprinskiy vafotiga qadar uning noshirligi va muharrirligida chiqqan. Soʻng bu ishni oʻgʻli Rifʼat va safdoshi Hasan Sabriy davom ettirganlar. "T." dastlabki yillarda haftada 1, 1903 yildan — 2, 1905 yildan — 3 marta chiqqan. 1912 yildan kundalik gaz. ga aylangan. Jami 2826 soni chiqqan. Gaz.ga 1905 yilda "Olami nisvon" ("Ayollar olami"), 1910 yildan "Olami sibyon" ("Bolalar olami") gazlari ilova sifatida chiqarilgan. Obunachilari 5000 tagacha yetgan. "T."ning mushtariylari Turkistonda ham koʻpchilikni tashkil qilgan.