Ankabut surasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fix
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Ankabut''' — oʻrgimchak, tortanak Surada oʻzlari yasagan but — sanamlarga oʻzlari sigʻinuvchi mushriklar oʻzi
toʻqigan toʻriga ishonib yashovchi oʻrgimchakka oʻxshatiladi. Shuningdek, unda imon-eʼtiqodli, yaxshi odamlar
boshiga sinov uchun koʻproq musibatlar tushishi, hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtish yoʻllari,
paygʻambarlar tortgan tashvish va aziyatlar haqidagi qissalar, Qur’oni karimning mo''jizaligi va boshqa ilohiy
nasihatlar oʻz ifodasini topgan<ref>[http://ziyouz.com/downloads/quran_uz_abd_mansur_ziyouz_com.pdf http://ziyouz.com/downloads/quran_uz_abd_mansur_ziyouz_com.pdf]</ref>.
 
== Asosiy mavzusi ==
 
''Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman)''.
 
1. Alif, Lom, Mim.
 
2. Odamlar: „Imon keltirdik“, — deyishlari bilangina, sinalmagan hollarida, qoldiriladilar, deb
oʻyladilarmi?!
 
3. Biz ulardan oldingi (imonli) kishilarni sinagan edik-ku! Bas, (shu sinov bilan va usiz ham), albatta,
Alloh (imonda) sodiq kishilarni bilur va (shuningdek,) yolgʻonchilarni ham aniq bilur!
 
4. Yoki yovuz ishlarni qiladigan kimsalar Bizdan oʻzib ketishni (qutulishni) oʻylaydilarmi?! Naqadar
yomon hukm chiqaradilar?!
 
5. Kimki Allohga roʻbaroʻ boʻlishdan umidvor boʻlsa, bas, Allohning (belgilangan) fursati, albatta,
keluvchidir. U eshituvchi va biluvchidir!
 
6. Kim jihod qilsa, faqat oʻzi uchun jihod qilur. Zero, Alloh (barcha) olamlardan behojatdir!
Izoh: Jihod haqida Tavba surasi, 88-oyat izohiga qaralsin.
 
7.Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning gunohlarini, albatta, oʻchirurmiz va ularni qilib
oʻtgan chiroyli amallari bilan mukofotlarmiz!
 
8. Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. (Ammo) agar ular sen bilmagan narsalarni (soxta
maʼbudalarni) Menga sherik qilishingga zoʻrlasalar, u holda ularga itoat etmagin! (Barchangiz) Menga
qaytursiz, bas, Men (oʻshanda) sizlarga qilib oʻtgan amallaringiz xabarini berurman!
 
9. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, solih bandalar (qatori)ga kiriturmiz.
 
10. Odamlar orasida shunday kimsalar (ham) borki, oʻzlari: „Allohga imon keltirdik“, — deydi-da, soʻng
Alloh (yoʻli)da ozorlansa, odamlarning (bu) fitna (ozor)larini Allohning azobidek bilur. Qasamki, agar
Rabbingiz (tomoni)dan gʻalaba kelsa, shubhasiz ular: „Albatta, bizlar sizlar bilan birga edik“, — derlar.
Axir, Alloh (barcha) olamlarning dillaridagi narsalarni yaxshi biluvchi emasmi?!
 
11. Albatta, Alloh imon keltirganlarni ham, munofiqlarni ham yaxshi bilur.
12. Kofir boʻlganlar imon keltirganlarga: „Sizlar bizlarning yoʻlimizga ergashinglar, gunohlaringizni
bizlar koʻtarurmiz“,- deydilar. Holbuki, ularning gunohlaridan biror narsani koʻtara oluvchi
emasdirlar. Albatta, ular yolgʻonchidirlar!
 
13. Albatta, ular oʻzlarining yuk (gunoh)larini ham, u yuklari bilan birga (boshqa) yuklarni ham
koʻtarurlar va albatta, qiyomat kunida oʻzlari toʻqib olgan (yolgʻon)lari toʻgʻrisida soʻralurlar.
 
== Manbalar ==
<references/>
{{Suralar|[[Fotiha surasi]] |[[Oli Imron surasi]]}}
 
 
{{Suralar|[[FotihaQasos surasi]] |[[Oli ImronRum surasi]]}}
 
{{quran-stub}}