Ankabut surasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 47:
13. Albatta, ular oʻzlarining yuk (gunoh)larini ham, u yuklari bilan birga (boshqa) yuklarni ham
koʻtarurlar va albatta, qiyomat kunida oʻzlari toʻqib olgan (yolgʻon)lari toʻgʻrisida soʻralurlar.
 
14. Biz Nuhni oʻz qavmiga (paygʻambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yil
turdi. Bas, ularni zolim (kofir) boʻlgan hollarida toʻfon (balosi) tutdi.
 
15. Soʻng Biz (Nuh)ga va kemadagi hamrohlariga najot berdik va uni (barcha) olamlarga ibrat qilib
qoʻydik.
 
16. Ibrohimni (eslang) — u oʻz qavmiga degan edi: „Allohga ibodat qilinglar va Undan qoʻrqinglar! Agar
biluvchi boʻlsangizlar, mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir.
 
17. Sizlar Allohni qoʻyib faqat butlarga ibodat qilmoqdasizlar va (ularni ilohlar deb) yolgʻon
toʻqimoqdasizlar. Aniqki, sizlar Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan narsalar sizlarga rizq berishga qodir
emaslar. Bas, (shunday ekan,) sizlar rizqni Alloh dargohidan istanglar va Ungagina ibodat qilinglar va
Unga shukr qilinglar. Sizlar Ungagina qaytarilursizlar!
 
18. Agar sizlar (Paygʻambarimni) yolgʻonchiga chiqarsangizlar, bas, sizlardan avvalgi ummatlar ham
(oʻz paygʻambarlarini) yolgʻonchiga chiqargandirlar. Paygʻambar zimmasida esa faqat (Allohning
buyruqlarini bandalariga) aniq yetkazishlik bordir“.
 
19. Axir, ular Alloh qanday qilib ilk bor (yoʻqdan) yaratishini soʻngra (qiyomat kunida) U oʻsha
(yaratgan narsasi)ni qaytarishini koʻrmadilarmi?! Albatta, bu Allohga osondir!
 
20. (Ey, Muhammad,) ayting: „Yerda sayr qilib (Alloh) qanday qilib yaratishni boshlaganini koʻringlar.
Soʻngra Alloh (qiyomatda) ikkinchi (marta) paydo qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir!
 
21. U Oʻzi xohlagan kimsalarni azoblar va Oʻzi xohlagan kishilarga rahm qilur. Ungagina
qaytarilursizlar!
 
22. Sizlar na Yerda va na osmonda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emasdirsizlar. Sizlar uchun Allohdan
oʻzga (biror) doʻst va yordamchi yoʻqdir!“
 
23. Allohning oyatlarini va U bilan muloqotda boʻlishni inkor qilgan kimsalar, aynan oʻshalar Mening
rahmatimdan noumid (mahrum) kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir.
 
24. Bas, (Ibrohimga) qavmining javobi faqat: „Uni oʻldiringlar yoki yoqib yuboringlar“, — deyishlari
boʻldi. Soʻngra Alloh unga olovdan najot berdi. Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun ibratlar
bordir!
 
25. (Ibrohim) aytdi: „Sizlar faqat dunyo hayotidagi oʻzaro doʻstlashishingizni koʻzlab, Allohni qoʻyib,
butlarni tutdingizlar. Soʻngra qiyomat kunida baʼzilaringiz (peshvolaringiz) baʼzilaringizdan
(ergashuvchilardan) tonur, baʼzilaringiz baʼzilaringizni laʼnatlar. Borar joyingiz doʻzaxdir. (U joyda)
sizlar uchun yordam beruvchilar yoʻqdir!“
 
26. Bas, Lut unga imon keltirdi. (Ibrohim) aytdi: „Albatta, men Rabbim (buyurgan tomon)ga hijrat
qiluvchidirman. Albatta, Uning Oʻzigina qudrat va hikmat egasidir!“
 
''Izoh: Ibrohim (a. s.)ni olovga tashlaganlarida yonib ketmasdan omon qolganlarini koʻrib, Lut (a. s.) birinchi boʻlib, uning barhaq paygʻambarliklarini tasdiq etib, imon keltirganlar.''
 
28. Lut oʻz qavmiga: „Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilmoqdasizlarki, sizlardan oldin olamlardan
hech kim uni qilmagan edi.
 
29. Haqiqatan ham sizlar (xotinlaringizni qoʻyib) erkaklarga borasizmi; qaroqchilik qilasizmi;
majlisgohlaringizda yomon ishlar qilasizmi-a?!“ — deganini eslang. Bas, (Lut) qavmining javobi faqat:
„Agar sen rostgoʻy kishilardan boʻlsang, bizlarga Allohning azobini keltir“, — deyishlari boʻldi.
 
30. (Shunda) u aytdi: „Ey, Rabbim, bu buzgʻunchilar qavmi ustidan Oʻzing meni gʻolib qil!“
 
31. Qachonki, elchilarimiz (farishtalar) Ibrohimga (farzand koʻrishi haqidagi) xushxabarni
keltirishgach, aytdilar: „Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchidirmiz. Chunki, uning
aholisi zolimdirlar!“
 
32. (Ibrohim): „Axir, u yerda Lut bor-ku?“ — dedi. Ular aytdlar: „Bizlar u joyda kim borligini
biluvchiroqdirmiz. Albatta, bizlar uni (Lutni) va ahlini qutqarurmiz. Illo, uning xotini qoluvchi (halok
boʻluvchi)lardandir“.
 
33. Qachonki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon holga tushdi va ular tufayli
yuragi siqildi. Ular dedilar: „Qoʻrqma va gʻam chekma! Albatta, bizlar senga va ahlingga najot
beruvchilardirmiz. Magar xotining qoluvchi (halok boʻluvchi)lardandir“.
 
34. Biz fosiq (itoatsiz) boʻlganlari uchun bu qishloq ahli ustiga osmondan azob (tosh) yogʻdiruvchidirmiz.
 
35. Biz aql yurgizadigan qavmga (ibrat uchun) u (qishloq)dan aniq asorat qoldirgandirmiz.
 
36. Madyan (qavmi)ga oʻz birodarlari Shuaybni (paygʻambar qildik). Bas, u aytdi: „Ey, qavmim,
Allohga ibodat qilingiz va oxirat kunidan umidvor boʻlingiz hamda Yer (yuzi)da buzgʻunchilik qilib
yurmangiz!“
 
37. Ular (Shuaybni) yolgʻonchiga chiqarishgach, ularni dahshatli zilzila tutib, turgan joylarida murdaga
aylandilar.
 
38. Od va Samud (qabilalarini ham halok qildik). (Bu) sizlarga ularning maskanlaridan (xarobalardan)
koʻrinib turibdi. Shayton ularga (qilayotgan) amallarini chiroyli koʻrsatib, ularni (haq) yoʻldan toʻsdi.
Holbuki, ular aql-idrokli kishilar edi.
 
39. Qorun, Fir’avn va Homonni ham (halok qildik). Muso ularga (paygʻambar ekaniga) hujjatlarni
keltirganida, ular yer (yuzi)da kibrhavo qildilar va (lekin) oʻzib ketuvchi boʻlmadilar.
 
40. Biz (ularning) har birini oʻz gunohi bilan tutdik. Bas, ularning orasida Biz ustiga tosh yogʻdirganlar
ham, ular orasida dahshatli qichqiriq tutganlar ham, ular orasida Biz yerga yuttirganlar va ular orasida
Biz (suvga) gʻarq qilgan kimsalar ham bordir. Alloh ularga zulm qiluvchi boʻlmadi, lekin ular oʻzlariga
jabr qiluvchi boʻldilar.
 
41. Allohdan oʻzgalarni doʻst tutgan kimsalarning misoli xuddi in qurib olgan oʻrgimchakka oʻxshaydi.
Inlarning eng nimjoni esa, albatta, oʻrgimchak inidir, agar bilsalar!
 
42. Albatta, Alloh ularning Uni qoʻyib, iltijo qilishayotgan narsalarini bilur! U qudrat va hikmat
egasidir!
 
43. Ushbu masallarni Biz odamlar (ibrat olishlari) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat olimlargina
anglagaylar.
 
44. Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratgandir. Albatta, bunda moʻminlar uchun alomat
bordir!
 
45. (Ey, Muhammad,) Sizga Kitob (Qur’on) dan vahiy qilingan narsani tilovat qiling va namozni
mukammal ado eting! Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur! Albatta, Allohning zikri (barcha
narsadan) ulugʻdir! Alloh qilayotgan ishlaringizni bilib turur.
 
46. (Ey, moʻminlar,) sizlar Kitob ahli bilan faqat eng chiroyli uslubda munozara qilinglar, illo ularning
orasidagi zulm (tajovuz) qilganlar bundan mustastnodirlar. Shuningdek, aytinglar: „Bizlar oʻzimizga
nozil qilingan (Qur’on)ga ham, sizlarga nozil qilingan (Tavrot va Injil)ga ham imon keltirganmiz.
Bizlarning ilohimiz va sizlarning ilohingiz bir (Iloh)dir va bizlar Ungagina boʻyin sunuvchimiz“.
 
47. (Ey, Muhammad,) shuningdek, Sizga Kitob (Qur’on) nozil qildik. Bas, Biz Kitob (Tavrot va Injil) ato
etgan zotlar unga (Qur’onga) imon keltirurlar. Ana ular (Makka ahli orasi)da ham unga imon
keltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor qilurlar.
 
48. Siz ilgari biror kitobni tilovat qiluvchi emas edingiz va oʻz qoʻlingiz bilan xat ham yozgan emas
edingiz. Aks holda buzgʻunchilar, albatta, shubhaga tushgan boʻlur edilar.
Izoh: Yaʼni, ular: „Muhammad yozuvchi boʻlgani uchun Qur’onni oʻzi yozib chiqayotgandir“, — deb shubha
qilishlari mumkin edi.
 
49. Yoʻq, u (Qur’on) ilm berilgan zotlarning dillaridagi aniq oyatlardir! Bizning oyatlarimizni faqat
zolimlargina inkor qilurlar.
 
50. Ular (kofirlar): „Unga (Muhammadga) ham Parvardigori tomonidan moʻjizalar tushganida edi“, -
dedilar. Ayting: „Mo''jizalar Allohning huzuridadir. Men esa faqat aniq ogohlantiruvchiman, xolos“.
 
51. Axir ularga tilovat qilinayotgan (shu) Kitobni Biz Sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli emasmi?!
Albatta, bu (Kitob)da imon keltiradigan qavm uchun rahmat va eslatma bordir!
 
52. Ayting: „Alloh men bilan sizlarning oʻrtangizda yetarli guvohdir. U osmonlar va Yerdagi bor narsani
bilur. Botil narsaga (butlarga) imon keltirib, Allohga kofir boʻlganlar — ana oʻshalar ziyon
koʻruvchilarning oʻzidirlar!“
 
53. Ular Sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Agar belgilangan muddat (qiyomat kuni) boʻlmasa edi,
albatta, ularga (darhol) azob kelgan boʻlur edi. (Kelganda ham), albatta, ular sezmagan hollarida
toʻsatdan kelur.
 
54. Ular Sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Albatta, jahannam kofirlarni qamrab oluvchidir!
 
55. U kunda azob ularning ustilaridan ham, oyoqlarining ostidan ham oʻrab olur va (Alloh) aytur:
„Qilgan ishlaringizning jazosini totinglar!“
 
56. Ey, imon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilingizlar!
 
57. Har bir jon oʻlim (achchigʻi)ni totuvchidir! Soʻngra Bizga qaytarilursizlar.
 
58. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, jannatda ostidan anhorlar oqib turadigan
koʻshklarga joylashtirurmiz. Ular u yerda mangu qolurlar. (Yaxshi) amal qiluvchilarning mukofoti
naqadar yaxshidir!
 
59. Ular sabr qilgan va yolgʻiz Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.
 
60. Oʻz rizqini koʻtara (topa) olmaydigan qanchalab jonzotlar bor. Alloh ularga ham, sizlarga ham rizq
berur. U eshituvchi va biluvchidir!
 
61. Qasamki, agar siz ulardan: „Osmonlar va Yerni yaratgan, quyosh va oyni (toatiga) boʻyin sundirgan
zot kim?“ — deb soʻrasangiz, albatta, ular: „Alloh“, — derlar. Bas, (shunday ekan), qayoqqa burilib
ketmoqdalar?!
 
62. Alloh bandalaridan oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (Oʻzi xohlagan kishilarning
rizqini) tang qilur. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir!
 
63. Qasamki, agar siz ulardan: "Osmondan suv (yomgʻir) yogʻdirib yerni „oʻlganidan“ soʻng
„tiriltirilgan“ zot kim?" — deb soʻrasangiz, albatta, ular: „Alloh“, derlar. Siz (ularga): „Allohga hamd!“,
-deb ayting! Yoʻq, ularning aksariyati aql yurgizmaydilar!
 
64. Bu dunyo hayoti faqat (ozgina) oʻyin kulgidir! Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina (haqiqiy) hayot
(joyi)dir.
 
65. Qachonki, ular kemaga minsalar (gʻarq boʻlishdan qoʻrqib,) Allohga chin ixlos bilan iltijo qilurlar.
Bas, qachonki, (Alloh ularni quruqlikka chiqarib,) najot bergach, banogoh ular (Allohga yana) shirk
keltirurlar.
 
66. Biz ularga ato etgan neʼmatlarga noshukr boʻlaversinlar va (shu dunyodagi hayotdan) „foydalanib“
qolsinlar. Hali yaqinda (haqiqatni) bilib olajaklar!
 
67. Ular oʻzlarining atroflaridagi odamlar qirgʻinga uchrab turgan bir paytda, Biz (Makkani) osoyishta
haram qilib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Nahotki, ular botil (butlar)ga imon keltirib, Allohning
neʼmati (Islom)ni inkor etsalar?!
 
68. Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqigan yoki Haq (Qur’on) kelgan chogʻda uni yolgʻonga yoʻygan kimsadan
kim ham zolimroqdir?! Kofirlar uchun jahannamda joy bor emasmi?!
 
69. Bizning (yoʻlimiz)da jihod (jiddu jahd) qilganlarni, albatta, Oʻz yoʻllarimizga hidoyat qilurmiz.
Albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir!
 
== Manbalar ==