Oʻlmas Umarbekov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2), va b. → va boshqa (3) using AWB
Dutcman (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Umarbekov Oʻlmas''' (1934.25.1 Toshkent — 1994.10.11) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1984). Urta Osiyo universitetining filol. ftini tugatgan (1956). Respublika televideniye va radioeshittirish davlat qoʻmitasida muharrir, bosh muxarrir (1956 —71), Oʻzbekiston K.P MKda sektor mudiri (1971—74), "Uzbekfilm[[Oʻzbekfilm]]" kinostudiyasi direktori (1971—81), Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari (1982—86), vaziri (1987—89), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1985—89), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (1989—91). Ilk kitobi — "Hikoyalar" (1958). "Xatingni kutaman", "Yurak soʻzlari" (1960); "Boboyongʻoq" (1961), "Yulduzlar", "Menga ishonmaysanmi?" (1962), "Hayot abadiy" (1964), "Charos" (1966), "Koʻprik" (1968), "Bolgar qoʻshiklari", "Oltin yaproqlar" (1972), "Qiyomat qarz" kabi hikoyalarida kishilarning maʼnaviyaxloqiy goʻzalligini tasvirlashga, insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchini, masʼuliyatini koʻrsatishga alohida eʼtibor bergan. "Bolgar qoʻshiqlari" (1972) turkum hikoyalari ham ixchamligi, dramatizmga boyligi, sheʼriyritmik xususiyatlari bilan ajralib turadi. U.ning "Sevgilim — sevgilim" (1963), "Kimning tashvishi yoʻq" (1965), "Urush farzandi" (1972), "Yoz yomgʻiri" (1973), "Oq qaldirgʻoch" (1974) va boshqa qissalari janriy rangbarangligi, qahramonlar ruhiy olamining teranligi, badiiy tasvir usullarining takrorlanmasligi bilan diqqatga sazovor. "Odam boʻlish qiyin" (1970) va "Fotima va Zuhra" (1994) romanlarida yoshlar, kishilarning xulqatvorida koʻringan salbiy jihatlarni tasvirlash orkali sovet davri maʼnaviyatidagi kamchiliklar haqqoniy ochib berilgan.
 
U. ijodida dramaturgiya muhim oʻrinni egallaydi. 70-yillarda oʻz isteʼdodini teatr sanʼati sohasida sinab, "Oqar suvlar" (1971), "Sud", "Yoshlik dengizi" (1972), "Komissiya" (1974) singari pyesalarni yozgan. U. 80 yillarda "Oʻz arizasiga koʻra", "Kuzning birinchi kuni", "Qiyomat qarz", "Assalom, quyosh" singari yetuk sahna asarlarini yaratdi. Ayniqsa, mashhur teatr artisti Sh.Burhonov ijrosidagi Sulaymon ota obrazi tufayli U. pyesasi asosida sahnalashtirilgan "Qiyomat qarz" spektakli tomoshabinlar oʻrtasida katta shuhrat qozondi. U. Hamza nomidagi teatr (x.03. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirilgan bu va boshqa pyesalari bilan shu davr oʻzbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdi. U. "Qizimga maktublar" ("Mangu hayot boʻsagʻasida") deb nomlangan soʻnggi publitsistik asarida hayotga, oʻtkinchi umrga chuqur falsafiy nazar tashlovchi, oʻzining va oʻzgalarning hayotiy tajribasidan yuksak xulosalar chiqaruvchi yozuvchi darajasiga koʻtarilganini namoyish etgan. Umrining soʻnggi yillarida yozgan "Tuhmat" (1987), "Oqsoqol" (1991), "Oʻzing uchun oʻl yetim" (1992, tugallanmagan) dramalari ham eʼtiborga loyiq.