Varrak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Fier Drake (1634 kite woodcut).png|thumb|right|250px|Laylaki varrak. John Bate 1635-yili yozgan ''[[:en:The Mysteryes of Nature and Art|Tabiat va sanʼat sirlari]]'' kitobidan tasvir.]]
[[File:Octopus.kite.jpg|thumb|right|250px|Sakkizoyoq shaklidagi varrak. Clovis, [[New Mexico]], [[AQSh]].]]
[[File:Kitesflying.jpg|right|thumb|250 px|]]
[[File:Lachender Drachen in Sternform.JPG|thumb|250 px|left]]
'''Varrak''' deb ip bilan bogʻlangan [[havo apparati]]ga aytiladi. Sirtiga shamol bosimi taʼsir etishi natijasida havoga koʻtariladi. Asosiy qismlari: qamishlarga tarang tortilgan mato yoki xitoy qogʻoz (aerodinamik sirt), chillakka (gʻaltakka) oʻralgan ip, varrakni ipga ulaydigan nizomlar, varrakni osmonda muallaq tutib turadigan shokildalar yoki dum. Varraklar turli shakllarda yasaladi. Shakliga koʻra, varrak besh qamishli (oddiy), ikki qamishli (laylaki), sirtlarining shakli boʻyicha bir tekislikli hamda koʻp tekislikli (ajdarsimon) va boshqa, shokildalari turiga koʻra ikki, uch, qator shokildali va dumli xillarga boʻlinadi. Katta-kichikligiga koʻra oddiy va katta (quroq) varraklar boʻladi. Oddiy besh qamishli varrakni yasashda qogʻoz yoki mato toʻgʻri toʻrtburchak shaklda bichiladi. Qamishlar bir xil yoʻgʻonlikda yoʻniladi va bichilgan xitoy qogʻozga yelim bilan avval oʻrtamak, keyin boshamak, belamak, shohamaklar yopishtiriladi. Soʻngra belamakka tumorcha, shohamaklariga quloqlar va shokildalar yopishtiriladi. Bir oz vaqt quritilgandan soʻng boshamak va bslamaklar ip bilan egib bogʻlanadi. Shamolda ovoz chiqarib turishi uchun boshamakka dardirak yopishtiriladi. Nizomlar oʻtkazilib, ipga bogʻlanadi.