Musiqa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi, -a. → -asr (11) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 25:
Quldorlik va ilk feodal tuzumiga asoslangan qad. dunyo davlatlari — Misr, Shumer, Bobil, Oʻrta Osiyo (taxminan miloddan avvalgi 1ming yillik davri), Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yatlarida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada aytim, cholgʻu, raqs, doston va boshqa janrlar paydo bulgan.
 
Turli xil M. asboblari ([[chang ]], ud, tanbur, lira, kifara, puflama va urma asboblar) takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega boʻlgan. M.ning ushbu davrda asosan ogʻzaki anʼanada rivojlanishiga qaramay, ayni vaqtda, uning ilk yozuv (iyeroglif, harfiy va boshqalar) tizimi ixtiro etilgan, M. estetikasi va nazariyasi taʼlimotlari shakllangan: Xitoyda — Konfutsiy, Yunonistonda — Pifagor, Geraklit, Demokrit, Aristotel, Platon, Aristoksen va boshqa, Oʻrta Osiyoda — Borbad.
 
Oʻrta asr Gʻarbiy Yevropada professional cherkov (bir ovozli grigorian xorali, keyinchalik koʻp ovozli xor va vokalcholgʻu janrlari — orga-num, kondukt va boshqalar), dunyoviy (Fran-siyada — trubadurlar, truverlar; Germaniyada — minnezingerlar sanʼati) hamda xalq Mxi rivoj topadi. 12-asrda Fransiyada Bibi Maryam ibodatxonasida birinchi kompozitorlik maktabi (Notr-Dam maktabi), 14-asrda Fransiya va Italiyada "Are nova" uslubi yuzaga kelgan. Gvido d Aretsso ixtiro etgan toʻrt chiziqli nota yozuvi tovush balandligi va nagʻmalar uzunligini aniq qayd etishga imkon yaratgan.