Tatarlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Tatarlar''' — xalq, [[Tatariston]]ning asosiy aholisi (303,012,571 kishi, [[2015-yil]] oʻrtalari). [[Rossiya Federatsiyasi]]ning [[Boshqirdiston]], [[Mari Respublikasi]], [[Mordoviya]], [[Udmurtiston]], [[Chuvashiston]] respublikalari, [[Nijniy Novgorod]], [[Kirov]], [[Penza]] va boshqa viloyatlarida ham yashaydi. Shuningdek, [[turkiy til]]da soʻzlashuvchi Sibir ([[sibir tatarlari]]), Qrim ([[qrim tatarlari]]) va boshqa qavmlarni ham tatarlar deb atashadi. Umumiy soni — 718 mln. kishi. Rossiya Federatsiyasidagi umumiy soni (qrim tatarlaridan tashqari) 5,310,649 kishi ([[2010-yil]]lar oʻrtalari). [[Tatar tili]]da soʻzlashadi. Dindorlari — [[sunniy]] musulmonlar. [[Dehqonchilik]], [[chorvachilik]] va [[hunarmandchilik]] bilan shugʻullanadi.
 
Birinchi marta "Tatar" etnonimi 6—9-asrlarda [[Baykal koʻli]]ning janubi-sharqiy sohillarida yashovchi koʻchmanchi [[moʻgʻul]] qabilalari orasida uchragan. [[Moʻgʻullar istilosi]] davri (13-asr)da "Tatar" nomi [[Yevropa]]ga maʼlum boʻlgan. Turkiy tilli qabilalarning [[Ural]] yoni va [[Volga boʻyi]]ga kirib borishi mil. 3—4-asrlarga toʻgʻri kelib, [[gunshar]] va boshqa qabilalarning [[Sharqiy Yevropa]]ga istilosi davri bilan bogʻliq. Tatarlar [[ugor-fin xalqlari]] bilan aralashib ketgan. 5— 7-asrlarda turkiy qabilalar [[Turk xoqonligi]] bosqini munosabati bilan [[Gʻarbiy Sibir]], Volga boʻyi va Ural yoni mintaqalariga qayta kirib kelishgan. 7— 8-asrlarda [[Azov]] boʻyidan Volga boʻyiga [[bulgʻorlar]] kelib, turkiylar va mahalliy ugor-finlar bilan birga [[Volga-Kama Bulgʻoriyasi]] davlatini tuzganlar. 15— 16-asrlardagi davlatlar ([[Qozon]], [[Astraxon]], [[Qrim]], [[Sibir]] va boshqa xonliklar) davrida tatarlarning alohida guruhlari — Oʻrta Volga boʻyi va Ural yoni (Qozon tatarlari, [[misharlar]]), Astraxon tatarlari, Sibir tatarlari, Qrim tatarlari va boshqa tatarlar shakllana boshlagan.