Oʻzbeklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Reklama
Qator 100:
 
== Etnonim ==
Oʻzbeklar etnik tarixida 15-asr oxiri 16-asrlar ham muhim davr hisoblanadi. Ushbu bosqichda Oʻrta Osiyoga [[mangʻit]], [[qoʻngʻirot]], [[nayman]], [[nukus]], [[uygʻur]], [[qiyot]], [[olchin]], [[saroy]], [[qatagʻon]], [[qushchi]], [[doʻrmon]], [[kenagas]], [[qirq]], [[yuz]], [[ming]], [[bahrin]] va boshqalar [[Dashti Qipchoq]] oʻzbek etnik guruhlarining navbatdagi toʻlqini kirib keldi. Natijada Movarounnahr aholisining etnik qiyofasida ularning alomatlari faollashgan. Dashti Qipchoqdan 2 daryo (Amudaryo va Sirdaryo) oraligʻi va Xorazmga kelib oʻrnashgan etnik guruhlar "oʻzbek" nomi ostida mahalliy aholi etnik rangbarangligini birmuncha koʻpaytirgan boʻlsalar hamki, lekin uning etnik tarkibini tubdan oʻzgartirib yubormagan. Ushbu etnoslar shakllangan oʻzbek xalqining tarkibiga kelib qoʻshilgan navbatdagi etnik komponent edi, xolos. Ular Movarounnahr va Xorazm aholisining turmush tarziga, anʼanalariga, [[madaniyat]]iga, xoʻjalik faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan yangi tipdagi madaniy qatlam hosil qilgan. Ayniqsa, Zarafshon vodiysi va Oʻzbekistonning janubiy mintaqalari aholisi orasida bu nisbat kuchli seziladi. Mahalliy aholiga ular "oʻzbek" nomini berishgan va bu nom Movarounnahr va unga qoʻshni viloyatlar aholisi uchun rasmiy ravishda umumiy nom boʻlib qolgan. Oʻz oʻrnida aytib oʻtish lozimki, oʻzbek etnonimining kelib chiqishi boʻyicha fanda yakdil fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar (G.Vamberi, G.Xovors, M.P. Pelo) Dashti Qipchoqda koʻchib yurgan turk-moʻgʻul qabilalarning bir qismi oʻzlarini erkin tutganliklari sababli "oʻzbek", yaʼni "oʻz-oʻziga bek" deb atagan desalar, boshqalar (P.P.Ivanov, A.Yu.Yakubovskiy, Xilda Xrsxem) "oʻzbek" etnonimini [[Oltin Oʻrda]] xoni [[Oʻzbekxon Sulton Muhammad]] (14-asr) nomi bilan bogʻlaydi, boshqa yana bir guruh olimlar esa (V.V. Grigoryev, A.A. Semyonov va boshqa Ahmedovlar) oʻzbek nomi Oq Oʻrda (Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da koʻchib yurgan turkmoʻgʻul qabilalariga taalluqli boʻlgan degan fikrni bildiradilar.
 
Temuriylar saltanati oʻrnida dastlab 16-asr boshlarida vujudga kelgan [[Buxoro amirligi|Buxoro]] va [[Xiva xonligi|Xiva xonliklari]], 18-asr boshlaridan [[Qoʻqon xonligi]]ning vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy makonda yashagan xalqlar siyosiy jihatdan turli davlatlar tasarrufiga tushib qolgan boʻlsada, bu holat oʻzbek elati birligiga jiddiy putur yetkaza olmagan. Siyosiy chegaralar boʻlishiga qaramasdan 3 davlat tarkibidagi aholi oʻzaro doimiy etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlib kelganlar.