Shiva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 7:
{{betaraflik}}
 
'''Shiva''' ([[sanskrit]]. शिव, śiva – “jangchi ayol”) – [[Braxma]] va [[Vishnu]] bilan birgalikda “ilohiy uchlik” (trimurti)ni tashkil etuvchi oliy [[tangri]]lardan biri. Ikki xil borliqqa ega: bir tomondan, tozalovchi vayronkorlik, ikkinchi tomonlama, urush homiysi. Maxamantra (bosh duo): Oum namax Shivayya Oum.
Vaqt homiysi, buyuk jangchi va nafsini yenggan zohid. Raqs homiysi sifatida dunyo tartibini boshqaradi. Bir kuni u 10000 donishmand-rishining yoniga borsa, ular unga qarshi yo`lbarsni jo`natadilar, Shiva uni yengib, terisidan yopinchiq qilib oladi. Rishilar ilonni jo`natishsa, uni bo`yniga marjon qilib taqib oladi. Rishilar pakana odamchani yuborishsa, uning ustiga chiqib raqs tusha boshlaydi va shundan so`ng rishilar unga topinishadi.
Sochi uzun, ko`k terili, to`rt qo`lli, bo`ynida ilon, boshi uzra yarim oy, yo`lbars terisini yopingan, peshonasida uchinchi ko`zi bor, o`ng qo`lida damaru(do`mbira), chap qo`lida trishula(uch shohli nayza) tutgan, raqs tushayotgan qiyofada tasvirlanadi. Tangrilar amrita tayyorlash uchun Vasuki(Shesha) ilonidan foydalanishayotganda, charchagan ilon dunyoni yo`q qilib yuborishi mumkin bo`lgan zahar chiqarib yuboradi. Dunyoni saqlab qolish uchun Shiva zaharni yutadi va badani ko`k tusga kiradi.