Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 2 y. → 2 yil, -a.lar → -asrlar using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Qator 7:
P. ayirboshlash, toʻlov, qiymat oʻlcho-vi, jamgʻarish (boylik toʻplash) kabi vazifalarni bajaradi: qiymat oʻlchovi — tovarlar qiymati miqsori P. orqali oʻlchanadi. U boshqa hamma tovar qiymatini ifodalaydi; ayirboshlash vositasi — P. vosita-sida tovarlar oldisotdi qilinadi; jamgʻarish vositasi — pul oʻzida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi oʻz tovarini sotib, P.ga boshqa tovar sotib olmasa, u P.ni jamgʻaradi. P. jamgʻarish uchun, ayniqsa, P. qadrining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; toʻlov vositasi — tovarga uni sotib olingan vaqtda emas, balki maʼlum muddatdan soʻng haq toʻlanadigan tovar muomalasi jarayonida yuzaga keladi. Nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi toʻlanganda, qarz qaytarilganda P. toʻlov vositasi rolini bajaradi. P.ning bu vazifasi muomalaning turli kredit vositalari — veksel, chek, banknotlarnp keltirib chiqaradi. P. shakliga koʻra, naqd P. (aniq moddiy shaklga, yaʼni qogʻoz, tanga) va naqd boʻlmagan P. (aniq moddiy shaklga ega boʻlmagan, bankdagi bir joriy hisobvaraqdan boshqasiga koʻchirib yozib qoʻyish orqali harakat qiluvchi P.) koʻrinishida buladi. Muomala doirasi darajasiga koʻra, milliy P. (asosan, mamlakat hududida amalda boʻladigan), xalqaro yoki mamlakatlararo (baynalmilal) P.ga boʻlinadi. Maxsus chiqariladigan jahon P.i yoʻq, ammo umumiy universal toʻlov vositasi rolini eng qadri yuqori, erkin almashtiriladigan P. uynaydi. Hozirgi paytda dunyoda AQSH dollarn, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi va 2002 yil yanv.dan muomalaga kiritilgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining P. birligi — yevro jaxrn P. i vazifasini bajaradi.
 
Dilorom Tojiboyeva.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->