Shiva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k 216.104.36.238 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
Qator 1:
{{wikify}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shiva''' — hinduiylikdagi uch oliy xudo — trimurtining biri; shivaizm tarafdorlari koinotda hamma mavjudotni yoʻq qilib, qayta yaratuvchi shahridan boʻlak doimiy hech narsa yoʻq, deb tushunadilar. Sh. samoviy kuchquvvatni oʻzida mujassam etgan, koʻpincha ilohiy raqs tushayotgan qoʻrqinchli qiyofada yoki xayolga choʻmgan zohid koʻrinishida tasvirlanadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{betaraflik}}
[[Tasvir:Sivakempfort.jpg|thumb|200px|Shiva haykali, [[Bangalor]], [[Hindiston]].]]
'''Shiva''' ([[sanskrit]]. शिव, śiva – “mehribon , muruvvatli”) – [[Braxma]] va [[Vishnu]] bilan birgalikda “ilohiy uchlik” (trimurti)ni tashkil etuvchi oliy [[tangri]]lardan biri. Ikki xil borliqqa ega: bir tomondan, tozalovchi vayronkorlik, ikkinchi tomonlama, urush homiysi. Maxamantra (bosh duo): Oum namax Shivayya Oum.
Vaqt homiysi, buyuk jangchi va nafsini yenggan zohid. Raqs homiysi sifatida dunyo tartibini boshqaradi. Bir kuni u 10000 donishmand-rishining yoniga borsa, ular unga qarshi yo`lbarsni jo`natadilar, Shiva uni yengib, terisidan yopinchiq qilib oladi. Rishilar ilonni jo`natishsa, uni bo`yniga marjon qilib taqib oladi. Rishilar pakana odamchani yuborishsa, uning ustiga chiqib raqs tusha boshlaydi va shundan so`ng rishilar unga topinishadi.
Sochi uzun, ko`k terili, to`rt qo`lli, bo`ynida ilon, boshi uzra yarim oy, yo`lbars terisini yopingan, peshonasida uchinchi ko`zi bor, o`ng qo`lida damaru(do`mbira), chap qo`lida trishula(uch shohli nayza) tutgan, raqs tushayotgan qiyofada tasvirlanadi. Tangrilar amrita tayyorlash uchun Vasuki(Shesha) ilonidan foydalanishayotganda, charchagan ilon dunyoni yo`q qilib yuborishi mumkin bo`lgan zahar chiqarib yuboradi. Dunyoni saqlab qolish uchun Shiva zaharni yutadi va badani ko`k tusga kiradi.