Robot — versiyalar orasidagi farq

4 bayt qoʻshildi ,  4 yil oldin
qisqa izoh tahrirlanmadi
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, y.da → yilda (2), va b.) → va boshqalar) (3), va b. → va boshqa using AWB)
Teg: Mobil dastur orqali
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Robot''' (chexcha robota — erksiz mehnat, rob — qul) — insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori temperatura va boshqalar)da, odam borishi qiyin boʻlgan obʼyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi mashina. "R." terminini birinchi marta 1920 yilda chex yozuvchisi K.Karel Chapek oʻzining "R. U. R." pyesasida ishlatgan.
 
R.lar, asosan, 3 turga boʻlinadi: qatʼiy dastur asosida ishlaydigan R., odam (operator) boshqaradigan R. va sunʼiy intellektli (integralli) R. Ish bajarish turiga qarab, R. manipulyatorlar, axborot uzatuvchi R., odimlovchi R. va boshqalarga boʻlinadi. R.larning tashqi koʻrinishi ham, xattiharakatlari ham odamni eslatadi, yaʼni ular antropomorf (odamsimon) mashinalar hisoblanadi va boshqa mashinalardan shu xususiyati bilan farq qiladi. R.lar texnikasining asosiy 2 yoʻnalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan va favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan R.lar texnikasi. Sanoatda ishlatiladigan R., Mas, R.manipulyatorda "mexanik qoʻllari" va tashqi boshqarish pulti yoki oʻziga oʻrnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM (kompyuter) boʻladi. Operator P. qoʻllarining harakatini bevosita yoki televizor ekranidan kuzatib boshqaradi. Koʻpincha R. avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlanadi. R.manipulyatorlar, asosan, kishi salomatligi uchun xavfli boʻlgan (ekstremal) sharoitlarda qoʻllaniladi. R.lar jarayonlarni avtomatlashtirishning eng samarali vositasi hisoblanadi.
* Epchil [[manipulatsiya]]larni bajara oladi.
* [[Iroda]]sini namoyish qila oladi (bu sifat muhim emas, zero [[antropomorfizm]]ga taalluqlidir<ref>[http://www.technologymarketing.com/bw/magazine/current/article_display.jsp?vnu_content_id=1003541524 Even Robot Suicide Is No Laughing Matter]</ref>).
 
== Etimologiya ==
"Robot" soʻzi ilk bora [[Chexiya|chex]] yozuvchisi [[Karel Čapek]]'ning ''[[R.U.R. (Rossum'ning Universal Robotlari)]]'' (1920) dramasida ishlatilgan<ref>[http://www.faculty.ucr.edu/~currie/roboadam.htm The History of Robotics]</ref>. Biroq, Čapek bu soʻzning muallifi sifatida akasi, rassom va yozuvchi [[Josef Čapek]]'ni koʻrsatgan.<ref>[http://capek.misto.cz/english/robot.html Who did actually invent the word "robot" and what does it mean?]</ref>
Anonim foydalanuvchi