Rejissyorlik sanʼati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: R.s. → {{subst:FULLPAGENAME}} (18), R. s. → {{subst:FULLPAGENAME}}, Hoz. → Hozirgi (3), y.da → yilda (9), va b.) → va boshqalar) (6), va b. → va boshqa (4) using AWB
Dutcman (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 23:
30-yillarning boshlarida milliy sanʼat arboblari (N.Gʻaniyev, S. Xoʻjayev, Y. Aʼzamov)nmnt rejissuraga kirib kelishi munosabati bilan xalq hayotining turli jabhalarini chuqur oʻzlashtirish, ijodiy qayta ishlash, uslubiyjanr izlanishlar boshlandi. "Yuksalish", "Ajoyib ish", "Ramazon", "Tong oldidan", "Yigit", "Qilich" singari filmlar ishchilarning mehnat kundaligi, harbiy ish, dehqon harakati, oʻlka tarixiga bagʻishlandi. Rej.lar mahalliy aktyorlar (O. Jalilov, E.Hamroyev, M.Qayumov, S.Iskanderov va boshqalar)dan foydalanishni yoʻlga qoʻydilar.
 
Haqiqiy milliy kinorejissuraning yuksalish davri 40—50-yillar boʻldi. Oʻsha yillar Ya.Protazanov, A.Usolsev— Garf, N.Gʻaniyev, K..Yormatov, Z.Sobitov, Y.Aʼzamov kabi rej.lar "Tohir va Zuhra", "Nasriddinning sarguzashtlari", "Alisher Navoiy", "Paxtaoy", "Boy ila xizmatchi", "Stadionda uchrashamiz", "Amirlikning yemirilishi" kabi yetuk filmlar bilan tanildilar. Shu davrda oʻzbek kinorejissyorlarining obroʻsi respublikadan tashqariga ham yoyildi. 60-yillar milliy kinorejissurada sifat jihatdan yangi davr boshlandi, "Oʻzbekfilm"ga yangi yosh mutaxassislar (D.Salimov, R. Botirov, Yu.Stepchuk, A. Qobulov, [[Kamolova Qamara Shodmonovna|Q. Kamolova]] va boshqalar) kelib qoʻshildi. "Sen yetim emassan", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Yoryor", "Surayyo", "Toshkent—non shahri" filmlari shu davrda yaratildi. Rejissuradan yangi — zamonaviy mavzu, yoshlar mavzusi keng oʻrin oldi ("Nafosat", "Sevishganlar", "Yigit va qiz", "Mahallada duvduv ran") va boshqa Shuningdek, keksa avlod rejissyorlarining yangi izlanishlari koʻzga tashlanadi ("Maftuningman", "Furqat", "Fidoiy", "Natashaxonim" kabi).
 
Rej.larning professionallik jihatidan yuksaklikka koʻtirilishi turli mavzu va janrda ijod etishga keng yoʻl ochdi. "Abu Ali ibn Sino", "Dahoning yoshligi" (rej. E.Eshmuhammedov), "General Rahimov" (3. Sobitov), "Ulugʻbek yulduzi" (L.Fayziyev), "Ikki dil dostoni" (K.Yormatov), "Oʻtgan kunlar" (Y. Aʼzamov) kabi filmlar oʻzbek kinosiga katta shuhrat keltirdi. "Abu Rayhon Beruniy", "Achchiq danak", "Seni kutamiz, yigit" singari filmlar rejissurasi uchun kinofestival kabi anjumanlarda yuqori baholandi va sovrinlar bilan takdirlandi.