Chili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k →‎top: imlo, replaced: shaxar → shahar (2) using AWB
Qator 35:
Adabiyoti Ch.ni Ispaniya bosib olgandan beri ispan tilida rivojlanmoqda. Ispaniyalik A. de ErsilyaiSuniga (1533—94)ning "Araukana" dostoni (1—3 qismlar, 1569—89) 16-asrda yaratilgan eng yirik asar hisoblanadi (unda araukanlarning ispan mustamlakachilarga qarshi kurashi aks ettirilgan). Bu davrda kreollar folklori ispan xalq sheʼriyati asosida rivojlandi. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun kurashi davri (1810—26)da publitsistika asosiy janr boʻlib qoldi. Birinchi Ch. gazetasi — "Aurora de Chile" ("Chilining tonggi shafagʻi")ning asoschisi K.Enrikes bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Milliy dramaturgiya asosini M.Magalyanes yaratdi. 1818 yil Chili mustaqillikka erishgach, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi kup adiblar Ch.da yashab ijod qildilar. Venesuela yozuvchisi, olim va davlat arbobi A.Belo, argentinalik yozuvchi, jamoat arbobi va maʼrifatparvar D.M.Sarmyanto va boshqa ijodi Ch. madaniyati rivojida muhim rol oʻynaydi. Ch. jamoat arbobi, olim va adib X.VLastarrin (1817—88) Ch. adabiyot jamgʻarmasini tashkil etib (1842), milliy adabiyotni yaratish vazifasini qoʻydi. 19-asr 1yarmida sheʼriyat romantizm ruhida rivojlandi (S.Sanfuentos, E.Lilo va boshqalar). Nasrda kostumbrizm yetakchi yoʻnalish boʻlib qoldi. 19-asr oʻrtalarida tanqidiy realizm maydonga keldi. A.Bleyet Gana (1830—1920) uning yirik vakilidir. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida P.A.Gonsales Bastias, M.Xara va boshqa sheʼriyatda yangi badiiy shakllarni izlay boshladilar. Bunga maʼlum darajada nikaragualik shoir R.Dario ijodi taʼsir koʻrsatdi. 1920- yillarda T.Mistral, V. Uydobro kabi shoirlar samarali ijod qildilar. 30- yillarda shoir P. Neruda ijodi chuqur evolyutsiyani boshidan kechirdi. Shu davrda ijod qilgan F. Gana, F.Santivan, L.Duran va boshqa oʻz asarlarida dehqonlar hayotini aks ettirdilar. Dehqonlarning sinfiy kurashi R.Lomboy, M.Gerrero romanlarida, ishchilar hayoti, ularning farovon kelajak uchun kurashi N. Gusman, A.Sabeli, D.Munos, G.Senteno, V.Teytelboym romanlarida oʻz ifodasini topdi. F. Koloan, M.Roxas, G.Atias nasriy asarlari ijtimoiy muammolarga bagʻishlandi. 1960—70 yillarda siyosiy qoʻshiqlar janri keng tarqaldi. V. Xara bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp adib va shoirlar taʼqib ostita olindi. Mamlakatni tashlab ketishga majbur boʻlgan adiblar oʻz asarlarida Ch. fojiasini aks ettirdilar (A.Skarmet, V.Teytelboym romanlari va b,).
 
Meʼmorligi. Ch. hududida yashagan indeyslarning qad. sanʼatidan qalʼalar, baland tosh devor bilan oʻralgan 1—2 qavatli uylardan iborat qishloq xarobalari saqlangan. 16-asrdan fort, shaxarshahar va cherkovlar, ichki hovlisi boʻlgan 1 qavatli uylar qurildi. 18—19-asrlarda barokko va klassitsizm uslubida shaxarshahar binolari, cherkov va saroylar barpo etildi (meʼmorlar X. ToeskaiRichi, M. de Xara Kemada). 19-asr Ch. meʼmorligida eklektizm, 20-asr boshlarida modern uslubi karor topdi. 20-asrning oʻrtalarida shaharlar qayta qurildi, zamonaviy meʼmoriy inshootlar, jumladan, "Gonsales Kortes" (1960—63, meʼmor S.Gonsales va boshqalar), "Portales" (1961—63, meʼmor K.Breshani va boshqalar) turar joy majmualari, Santyagoda Texnologiya instituti (1962—65, meʼmor K.Breshani va boshqalar) bunyod etildi.
 
Tasviriy sanʼati. Indeyslarning kad. madaniyati Peru madaniyati bilan bogʻliq. Turli shakllarda yasalgan va rayem solingan sopol idishlar, metall taqinchoqlar, odam va ov manzaralarining qoyatoshlarga ishlangan tasviri saqlangan. Bu anʼanalar toʻquvchilik, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligida oʻz aksini topgan. 18—19-asrlarda manzara rassomligi va haykaltaroshligi, gravyura rivojlandi (A.Santelises). 19-asr oʻrtalarida portretchilar F.X.Mandola, A.Gana, 19-asr 2yarmida rassomlar P.Lira va M.A.Kiro ijod qildilar. Rassomlar A.Valunsuela Lyanos, E.Plasa, haykaltaroshlar N.Plasa, V.Arias 19 va 20-asrning realist ustalari boʻlgan. 20-asrda Ch.da turli modernistik oqimlar (kubizm, syurrealizm, abstraksionizm) keng tarqaldi. K.Ermosilya Alvares, G.Nunyes, P.Lbos, X.Eskames kabi rassomlar, L.Dominges, S. Roman Roxas kabi haykaltaroshlar realistik anʼanalarda ijod qildilar.
Qator 47:
{{OʻzME}}
{{Janubiy Amerika mamlakatlari}}
{{stub}}
 
[[Turkum:Amerika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}