Forobiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, 6 y. → 6 yil, -a.ni → -asrni (3) using AWB
k →‎top: imlo, replaced: shaxar → shahar using AWB
Qator 51:
F.ning eʼtiborga sazovor fikrlaridan biri jamiyat taraqqiyotida geografik muhitning oʻrni masalasidir. Uning oʻylashicha, kishilarning muayyan qududda yashashi ularning turmush tarzi, urfodatlari, axloqi, xulqodobiga taʼsir koʻrsatadi, jamoaga birlashuviga yordam beradi. U mukammal jamiyat toʻgʻrisidagi taʼlimotida odamlarni turli guruhlarga ajratadi. Bunda u insonlarni qaysi dinga eʼtiqod qilishiga, irqiga qarab emas, balki aqliy qobiliyati, bilimi, ilmfanga qiziqishini inobatga oladi. F. din inson kamolotiga, maʼrifatga xizmat qilishi lozim, degan fikr tarafdori edi. Olimning dunyoqarashi diniy xurofotdan xoli boʻlib, din erkinligiga asoslangan. U islom diniga, Qurʼonga katta hurmat bilan qaradi. Uni kishilarni xulqodobga oʻrgatuvchi manba deb bildi. Ayni vaqtda undan oʻz garazli va shaxsiy manfaatlari yoʻlida foydalanuvchi, jaholatga undovchilarning fikriga qoʻshilmadi.
 
F. shahardavlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxtsaodatga eltishi, uning boshligʻi esa adolatli, yuksak axloqli va maʼrifatli, oʻzida butun ijobiy xislatlarni toʻplagan boʻlishi lozim. Pekin, shunday shahar yoki mamlakatlar boʻladiki, ularning aholisi nafsga berilgan, butun fikrizikri boylik toʻplash boʻladi. F. bunday shaharlarni johil shaxarlarshaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik toʻplashga ruju qoʻygan boʻladi. "Ulardan chiqqan rahbar ham, — deb taʼkidlaydi alloma, — rahbarlikni moldunyo koʻpaytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayukech moldunyo toʻplash harakatida boʻladi. Bunday rahbarlarning qoʻl ostida boʻlgan shahar xalqida har turli buzuq odatlar, shahvoniy nafs, bir-birini koʻrolmaslik, bir-birini talash, dushmanlik, nizojanjallar paydo boʻladi". F.ning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, oʻzaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida oʻzaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa boʻladi. F. fikriga koʻra, davlatni idora etuvchi shaxs oʻzining fazilat va xulqodobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan boʻlishi; yaʼni adolatli va dono boʻlishi, boshqalarga gʻamxoʻrlik qilishi, qonunlarga toʻla rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi kerak. F.ning talqinicha, fozil shaharlar yuqori madaniyatli boʻladi. Unda yashaydigan xalq oʻzi istagan kasbhunarni egallaydi. Bunday jamiyatda toʻla erkinlik va teng huquklik hukm suradi. F.ning fozil jamoa haqidagi taʼlimoti uning axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv hamda insonparvarlik gʻoyalari bilan chambarchas bogʻliqdir. U oʻzining ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini oʻrganishni, axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv yoʻllarini koʻrsatishni qoʻyadi. Axloqiy kamolot deganda, xayrehsonli ishlar, goʻzal insoniy fazilatlarni tushunadi. Axloqiy kamolotga xalakit beruvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasbhunarsizlikni kiritadi. F. akl, ilm va maʼrifatni baxtsaodatga erishishning asosiy vositasi deb bildi.
 
F. inson fazilatlarini tugʻma va yashash jarayonida paydo boʻladigan fazilatlarga boʻladi. Olimning fikricha, tugʻma fazilatlarga insonning oʻta oʻtkir zehnliligi, biror narsani bilishga oʻta qobiliyatsizliligi kiradi. Lekin tugʻma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tugʻma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va toʻgʻri yoʻlga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda soʻnib qolishi mumkin. Tugʻma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Baʼzi kishilar tugʻma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishishi mumkin.