Tatariston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → Transport yoʻli, Hoz. → Hozirgi, sh.da → shahrida (3), inti → instituti, Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (6), va b.) → va boshqalar) (6), va b. → va boshqa (15) using AWB
k →‎top: imlo, replaced: shaxar → shahar using AWB
Qator 29:
19-a. tatar sheʼriyatida realizm uslubi qaror topdi. Abdujabbor Qandaliy (1797—1860), Miftohitdin Oqmulla (1831—95) va Yakov Yemelyanov (1848—99) shu oqimning atoqli namoyandalaridir. 19-a. oxirlarida maʼrifatparvarlik harakati kuchaydi. Qayum Nosiriy (1825—1902) adabiy va ilmiymaʼrifiy asarlari bilan zamonaviy tatar tiliga asos soldi. Shu davrda dastlabki roman va dramalar paydo boʻldi. 20-a. boshlarida A.Toʻqay, O.Ibrohimov, Majid Gʻafuriy va boshqa adiblar tatar xalqining ogʻir ahvoli va istibdodga qarshi kayfiyatini, adolatga boʻlgan orzuumidlarini ifoda etdilar. Okt. inqilobidan soʻng tatar adabiyoti ham sovet adabiyoti oʻzanidan borishga majbur boʻldi. 2jahon urushida qatnashgan va uning dahshatlarini tasvirlagan tatar adiblari F.Karim, A.Alish, O.Qutuylar orasida Musa Jalil alohida ajralib turadi. Uning fashistlar zindonida yozgan "Maobit daftari" sheʼrlar kitobi muallifga abadiyat keltirdi. 20-a.ning 2yarmida ijod qilgan shoirlardan I.Yuzeyev, shahriGaliyev, S.Sulaymonova, R.Xarisov, yozuvchilardan N. Fattoh, G.Muxametshin, dramaturglardan Yu.Aminov, S.Shakurov, T. Minullinlar xalq hayotini imkon qadar haqqoniy yoritishga intildilar. T. bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy va, ayniqsa adabiy aloqalar uzok, oʻtmishda boshlangan. Ikki xalqning yozma va ogʻzaki ijodiyoti bir-biriga yaqin. Tatar yozuvchilariga Alisher Navoiy ijodining taʼsiri kuchli boʻlgan. Adiblardan Muhammadyor, A.Qandaliy, Q.Nosiriy, O.Ibrohimov, A.Toʻqay va boshqa Navoiy asarlarini gʻoyat qiziqib oʻrganganlar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida ikki xalqning adabiy va madaniy aloqalari rivojida tatar matbuotining roli katta boʻldi, tatar tilidagi gaz. va jurnalilar Turkistonda keng tarqaldi. H.H.Niyoziy, Soʻfizoda, Mirmuhsin Shermuhamedov, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻzbek adiblari tatar matbuoti va adabiyotidan bahramand boʻldilar. A.Toʻqay, O.Ibrohimov, F.Amirxon, Musa Jalil va boshqa tatar yozuvchilarining nazmiy va nasriy asarlari oʻzbek tiliga, Abdulla Qodiriy, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Asqad Muxtor, Eʼtibor Oxunova va boshqalarning asarlari tatar tiliga tarjima qilingan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. T. hududida neolit davriga mansub kush va hayvonlarning haykalchalari, naqshin guldor sopol idishlar, jez davriga oid bezak buyum va idishlar topilgan. Volga boʻyi bulgʻorlarining Suvara, Bilyar, Bulgʻor va boshqa shaharlarida mudofaa inshootlari, toʻgʻri burchakli turar joylarning qoldiqlari, imoratlarning vayronalari (10—13-a.lar) saqlanib qolgan. Oltin Oʻrda xonligi xukmdorligi davrida (13-a. oʻrtalari) gʻisht va toshdan Oʻrta Osiyo meʼmorligi uslubiga yaqin boʻlgan rasmlar, rangdor keramika, naqshli oʻymakorlik bilan bezatilgan qalʼa, saroy, hammom, maqbaralar qurilgan. Qozon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingach, rus meʼmorligining taʼsiri kuchaydi (Qozon Kremli, 16-a.). 18-a.da qisman barokko uslubi yoyildi, 19-a.da rus klassitsizmining taʼsiri sezildi (Kozon unti, 1825—30). 20-a. boshlarida qorishiq meʼmorlik rayem boʻldi, yogʻoch uylar koʻproq qurildi. Amaliy bezak sanʼati turlaridan zargarlik, zardoʻzlik, patsiz gilam toʻqish, charmdoʻzlik, tosh va yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi.
 
20-a.ning 20y.laridan T. meʼmorligi umumittifoq yoʻnalishidan bordi. Eski shaxarlarshaharlar (Qozon, Bugulma, Chistopol va boshqalar) qayta kurildi, yangi shaharlar (Nijnekamsk, Naberejniye Chelni va boshqalar) barpo etildi. Jamoat binolaridan Qozondagi Matbuot uyi (1933—37, meʼmor S.Pen), Musa Jalil nomidagi opera va balet teatri (1933 — 56, meʼmor N.Skvorsov va I.Gaynutdinov), Qozon shahridagi stadion (1960, meʼmor P.Sanachin va boshqalar), konservatoriyaning konsert zali (1967, meʼmor M.Agishev va boshqalar), sirk (1967, meʼmor G.Pichuyev) qurildi.
 
19-a.da rangtasvir va grafika sanʼati (L.Kryukov, V. Turin) rivojlana boshladi. 1895 y. Qozonda ochilgan rassomlik maktabida P. Benkov, N.Feshin va boshqa dare berdi. 20-a. boshlarida M.Galeyev, G.Gumarov kabi dastlabki grafik bezakchilar voyaga yetdi. 20-a.ning 20—30y.larida rassomlar (rangtasvirchi, haykaltarosh va fafik B.I.Urmanche, haykaltarosh S.Oxun, grafik F.Tohirov) ijod qila boshladi. 60—90y.larda I.Rafiqov, G.Rahmonqulov, L.Fattohov, X.Yoqubov, N.Odilov, R.Nigmatullina, V.Malikov, 3. Gimayev, K. Nafikov kabi rassomlar, I. Kolmogorseva, I.Yazinin kabi grafiklar ijodi mashhur boʻldi.