Tokio: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
k →‎top: imlo, replaced: Shaxar → Shahar using AWB
Qator 42:
T.ga 15-a.ning oʻrtalarida asos solingan. 1457 yilda Edo qasri qurilgan boʻlib, uning atrofida savdogar va hunarmandlarning uylari koʻpayib bordi. 1590 yilda Edo sh. Tokugava sulolasining qarorgohiga aylandi. Yaponiyaning rasmiy poytaxti esa oʻsha vaqtda Kioto sh. edi. 18-a.da Edo jahonning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. 1869 yilda hokimiyat boshqa sulola vakili imperator Mutsixito qoʻliga oʻtgach, poytaxt Edoga koʻchirildi va T. ("sharqiy poytaxt") deb ataldi. 19-a.ning 2yarmida T.da ipak, lokboʻyoq, chinni sanoatlari, 19-a.ning oxiridan mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlana boshladi. 1923 y. 1 sent.dagi zilzila va uning okibatlarida kelib chiqqan yongʻin tufayli T.ning koʻp qismi vayron boʻldi. 2jahon urushi vaqtida T. AQSH aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan.
 
T. — transport yoʻllarining yirik tuguni. Dengiz porti (yiliga 70 mln. t dan ortiq yuk ortibtushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (xususan, elektrotexnika, umumiy mashinasozlik, transport jihozlari ishlab chiqarish., anik, mexanika) va metallsozlik. Kime, poligrafiya va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, qurilish materiallari va yengil sanoat (toʻqimachilik, zargarlik va yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish.) korxonalari mavjud. Sanoati, asosan, chet eldan keltirilgan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Sanoat korxonalarining katta qismi mayda va oʻrta korxonalardan iborat. T. — yirik savdotaqsimot markazi. ShaxardaShaharda tovar va fond birjalari, savdo firmalarining vakolatxonalari, yirik banklar, sugʻurta idoralari joylashgan. T. da untlar, Yaponiya FA, Sanʼat akademiyasi, teatrlar, 30 dan ortiq muzey (shu jumladan, Genri galereyasi, BriJston sanʼat muzeyi, zamonaviy sanʼat milliy muzeyi, Tokio milliy muzeyi va boshqalar), kutubxonalar, konsert zallari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan shahar markazida atrofi bogʻ bilan oʻralgan imperator saroyi (1869 yilgacha Edo qasri, 15—17-a.lar), saroy majmuasi (1600), manzarali bogʻ (17—18-a.lar) saqlangan. Uning atrofida hukumat binolari, Tosyogu va Meydzi ibodatxonalari joylashgan. Soka unti hududida 2004 y. 26 martda Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi (haykaltarosh J.Mirtojiyev). 1964 yilda T.da 18Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->