Tunis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → Transport yoʻli, Q.x. → Qishloq xoʻjaligi, Hoz. → Hozirgi (2), sh.ga → shahriga (4), inti → instituti (14), Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (29), va b.) → va bosh using AWB
k →‎Tarixi: imlo, replaced: shaxar → shahar using AWB
Qator 16:
 
== Tarixi ==
T. hududida ilk paleolit davridan odam yashab keladi. Mil. av. 4—2ming yilliklarda dehqonchilik va chorvachilik taraqqiy etib, istehkomli manzilgohlar vujudga kelgan. Mil. av. 12-a.da T.ga yunonlar, keyinroq finikiyaliklar kirib keldi. Finikiyaliklar tomonidan T.da asos solingan shaharlar ichida Karfagen yirik shaxardavlatgashahardavlatga aylangan. Mil av. 264—146 ylardagi Puni uruioʻari natijasida Karfagen davlati barham topgan. T. Rim imperiyasining Afrikadagi mulkiga aylangan. 439 y. barbarlar va qoʻzgʻolonchi dehqonlar koʻmagida Karfagenni vandamar bosib olgan. 534 y. T. Vizantiyaga tobe boʻlgan. T. tub aholisining ozodlik kurashiga 647 y. T. hududiga kirib kelgan musulmon arab qoʻshini yordam bergan. 670 y. arablar Qayruvon shahriga asos soldilar (keyinchalik bu shahar Shim. Afrikaga islom dinini yoyish markazi boʻlib qoldi), 698 y. ular Karfagenni, 703 y. esa T.ni butunlay egalladilar. 800 yil T. Abbosiplar xalifaligidan ajralib chiqib, Agʻlabishshr sulolasi hukmronligidagi mustaqil davlatga aylandi. 909 y. barbar qabilalarining qoʻzgʻoloni natijasida T.da ismoiliylarning Fotimiylar davlati barpo etildi.
 
1535 yil T.ni Ispaniya bosib oldi, 1574 y. turklar ispanlarni quvib chiqarib, T.ni Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib oldi. Biroq turk sultonlari T.ni nomigagina idora qilar edi. 1591 yildan T.ni Tunis deylari, keyinchalik Murodiylar sulolasi (1612—1702) beylari boshqardi. 1705 y. Husayniylar sulolasi beylari mustaqil T. davlatini barpo etdilar. 1861 y. Tunis liberal islohotchisi Xayriddin atTunisiy tashabbusi bilan dastlabki konstitutsiya (Dustur) qabul qilindi. 1881 y. fransuz qoʻshinlari T.ni bosib oldi. 1934 y. Habib Burgʻiba vatanparvar kuchlarni birlashtirib, Yangi dustur — soʻl millatparvar partiyasini tuzdi, shu partiya milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qildi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) va undan keyin T.dagi milliy ozodlik xarakati kuchaydi. 1952—54 yillarda shaharlardagi umumiy ish tashlash sharoitida T. ozodlik armiyasi (1952 y. Yangi dustur partiyasi tomonidan tuzilgan) harakat boshladi. 1954 y. 31 iyulda Fransiya T.ga ichki muxtoriyat berishga majbur boʻldi. 1955 y. 3 iyunda imzolangan konvensiyaga binoan T.ni idora qilish milliy hukumat qoʻliga oʻtdi. 1956 y. 20 martda Fransiya T. mustaqilligini tan oldi. 1957 y. monarxiya tugatildi va respublika eʼlon qilindi. H. Burgʻiba prezident etib saylandi. T. — 1956 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 26 dek.da tan olgan va 1992 y. 26 noyab.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 20 mart — Mustaqillik kuni (1956).