Turar joy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar, replaced: {{reflist}} → {{manbalar}}, [[File: → [[Fayl:
k →‎top: imlo, replaced: shaxar → shahar using AWB
Qator 7:
Jamiyatda tabaqalanish yuzaga kelgach Qad. Misr, Qad. Rim va Yunonistont qullarning sodda uy, kulbalari bilan bir qatorda kuldorlarning uyqoʻrgʻonlari, koʻp xonali qalʼalari barpo etilgan. Gʻarbiy Yevropa shaharlarida sinchkor faxverkli qurilmadagi Turar joylar hozirgacha saqlangan. Sharqiy slavyan (shu bilan birga rus, ukrain, belorus) va hududi ularga yaqin xalqlar (fin, eston, litva, rumin va boshqalar)da dastlab yogʻoch qalab qurilgan uylar (xata va boshqalar) keng tarqalgan. Kavkaz xalklarida togʻ qoyalari—terrasalarda loy va toshdan ustmaust qurilgan kulbalar, minorasimon koʻp qavatli uylar (Togʻli Dogʻiston va boshqalar) tarqalgan. Hindistonda Turar joy xom va pishiq gʻishtdan, tomi yassi, baʼzan nishabli yasalib, ustiga poxol qamish, yirik barglar bosilgan. Sinchli yogʻoch yoki bambukdan somonli loy bilan suvalgan uylar ham boʻlgan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (maye. shim. Xitoyda) sinchli, xom gʻishtli devor ustidan suvalib tomiga poxol, qamish bostirilgan. Tez-tez zilzila boʻlib turadigan joylarda asosan sinchkori yengil uylar koʻp qurilgan.
 
Uygʻonish davrida Italiya shaxarlaridashaharlarida aslzodalarning saroy palatssolari, villalari, bogʻpark majmualari oʻziga xos meʼmoriy tizim va uslubga ega boʻlgan (Dojlar saroyi va boshqalar).
 
19-a. oxiri — 20-a. boshlarida rivojlangan Angliya Turar joylari boshqa Yevropa mamlakatlaridagi Turar joy qurilishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Unda F. Uebb, N.Shou va Ch. Voysi kabi meʼmorlar loyihasi maʼlum bir oila ehtiyojini puxta oʻrgangan holda, uning atrofmuhitini, iqlim sharotini va uyning joylanish oʻrnini, foydalaniladigan qurilish materiallarini namoyish etib, xususiyatini ochib berdi. AQSH, Kanada kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarda Turar joy sanoatida ishlab chiqarilgan bir xil andozadagi yigʻma yogʻoch uylardan foydalanish katta imkoniyatlar yaratib berdi. Yevropadagi ishchilar uyi qator yaxlit umumiy maishiy ehtiyojni oqilona hisobga olishni aniq misollarda namoyon etdi. Alohida oilalarning turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda bunyod etilgan Angliya kottejpari, koʻpxonadonli oilalarda zamonaviy qulayliklar yaratilgan daromadli uylar meʼmorlarning qurilishda toʻplagan imkoniyat va uslublarini zamonaviy Turar joy turini yaratishida muhim rol oʻynadi.