Hakim Nazir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k →‎top: imlo, typos fixed: 6- j → 6-j using AWB
Qator 4:
Ilk hikoyalar toʻplami — „Qishloqdagi jiyanlarim“ (1948)da qishloq bolalarining hayoti va mehnati tasvirlangan. [[Oybek]], [[Abdulla Qahhor]] va boshqa ijodidan mahorat sirlarini oʻrgangan. Uning ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib. dastavval lavhalar, reportaj va xabarlar bilan „Lenin uchquni“ ro‘znomasida paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, ketma-ket adibning „Pionerlar bogʻi“ (1950), „Besh baho“ (1955), „Cho‘l havosi“ (1958), „Meni taniysizmi?“ (1963), „Bolajonlarim“ (1964) singari hikoyalar to‘plamlari yaratildi. Mazkur asarlarda yozuvchi bolalar va o‘smirlarga xos begʻubor qalb harorati va tuygʻularini ardoqlashga intildi, ularni mehnatsevar, el-yurt, vatan farzandlari bo‘lishga daʼvatkorlik qildi. Uning 40 dan ortiq kitoblarida yoshlik tashvishlari, orzu-intilishlari o‘z ifodasini topdi. „Koʻkorol chiroqlari“ qissasi (1954; qayta ishlangani — „Soʻnmas chiroqlar“, 1958)da mehnat jarayonida yoshlar xarakteridagi ijobiy fazilatlar shakllanishi tasvirlangan. „Suv gadosi…“ (1962), „Yonar daryo“ (1965) qissalarida choʻlga obi-hayot keltirish, gaz konini ochish uchun kurashayotgan yoshlar obrazi’ yaratilgan. „Lochin qanotlari“ romanida (1973) 2-jahon urushi davri voqealari aks etgan. „Koʻkterak shabadasi“ qissasi (1968) katta yoshdagilarga bagʻishlangan. „Kenjatoy“ qissasi, „Chiranma gʻoz— hunaring oz“ pyesasi, ocherklar, hikoya va maqolalar muallifi.
 
Hakim Nazirning o‘ndan ortiq kitoblari va asarlari rus va boshda tillarda nashr etilgan bo‘lib, ayrim eng yaxshi asarlari „Pioner kutubxonasi“ to‘plaminin 6- jildida nashr etilgan. U ayni chog‘da mohir tarjimon hamdir. A.Gaydar, P.Pavlenko, L.Kassil, V.Katayev va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
 
Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).