Lady Gaga: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 19:
 
'''Stefani Joanne Angelina Germanotta''' ({{talaffuz|Stefani Joann Anjelina Jermanotta}}; 28-mart, 1986), taxallusi — '''Lady Gaga''' ({{talaffuz|Ledi Gaga}}), [[AQSh|amerikalik]] xonanda, aktrisa va kiyimlar dizayneridir. [[Nyu York]] shahrida tugʻilib oʻsgan Stefani avval [[:en:Convent of the Sacred Heart (New York)|Muqaddas Yurak ayollar monastirida]], keyin [[New York Universiteti]]ning [[:en:Tisch School of the Arts|Tisch sanʼat maktabida]] tahsil oldi. [[Manhattan]] [[rock musiqa]] sahnasida ijro etishni boshlab, 207-yil oxiriga kelib Streamline Records studiyasidan shartnoma imzoladi. Studiya uchun qoʻshiq yozib yurgan Stefanining vokaliga [[Akon]] eʼtibor qaratdi va unga [[Kon Live Distribution]] [[leybl]]idan shartnoma taklif etdi.
 
* American Horror Story (Amerika qoʻrqinch tarixi). (teleserial) (2015)
 
Lady Gaga 2008-yili ''[[The Fame]]'' nomli debut [[musiqiy albom|albomini]] chiqarib, munaqqidlar maqtovi va tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va xalqaro shuhrat qozondi. Bu albomda butun dunyoga ovoza boʻlgan „[[Just Dance]]“ va „[[Poker Face]]“ qoʻshiqlari joy olgan. [[The Fame Ball Tour]] turnesini boshlab, u 2009-yili „[[Bad Romance]]“, „[[Telephone]]“ va „[[Alejandro]]“ kabi hit ashulalari bor ''[[The Fame Monster]]'' albomini chiqardi. ''The Fame Monster'' muvaffaqiyati ketidan Gaga katta tijoriy foyda keltirgan oʻn sakkiz oylik [[The Monster Ball Tour]] turnesida boʻldi. Uning 2011-yilgi ''[[Born This Way]]'' albomi xalqaro chartlar choʻqqisini egallab, oʻz ichiga „[[Born This Way (qoʻshiq)|Born This Way]]“, „[[Judas (qoʻshiq)|Judas]]“ va „[[The Edge of Glory]]“ kabi singllarni oladi. Musiqa faoliyatidan tashqari, Gaga ijtimoiy yordam va [[LGBT]] faollik bilan ham shugʻullanadi.