Buxoro viloyati: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq |
k vikifikatsiya, imlo, replaced: Ro`yhat → Roʻyxat, a`mu → aʼmu (6), O`z → Oʻz (7) using AWB |
||
Qator 1:
{{
|Rang1 = {{rang|Oʻzbekiston}}
|
|Asl nomi =
|Gerb =
Qator 7:
|Gerb kengligi =
|Bayroq kengligi =
|Gerb
|Bayroq
|Mamlakat = [[Oʻzbekiston]]
|Maqomi = [[viloyat]]
Qator 24:
|YAIM =
|YaIM yil =
|YAIM
|YAIM jon boshiga =
|YAIM jon boshiga
|Til =
|Tillar =
|Aholi = 1 729 700
|
|Aholi foizi =
|Aholi
|Zichligi =
|Zichlig joyi =
Qator 41:
|Yer maydoni =
|Yuqori balandligi =
|
|Quyi balandligi =
|Kengligi =
|Uzunligi =
|Xarita = Buxoro Viloyati in Uzbekistan.svg
|Xarita
|
|Xarita
|Soat mintaqasi = [[UTC+5]]
|Qisqacha =
Qator 109:
== Taʼlim, madaniyat, sport ==
2000/01 o‘quv yilida viloyatda 528 umumiy taʼlim maktabi bo‘lib, 325,2 ming o‘quvchi, 25 gimnaziyada 5700 o‘quvchi taʼlim oldi. 1998—2001-yillarda 14 kasbhunar kolleji va 5 akademik litsey qurib topshirildi. 14 kasbhunar kollejida 2400 o‘quvchi o‘qiydi. 2001—2003-yillarda viloyatdagi mavjud 10 texnikum va 24 hunartexnika bilim yurtlari kasbhunar kollejlari va akademik litseylarga aylantiriladi (O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12 iyun qarori). Viloyatda 3 oliy o‘quv yurti bor: Buxoro universiteti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyam instituti, Buxoro tibbiyot instituti. Ularda 9800 talaba taʼlim oladi (2001). Buxoro shahrida O‘zbekiston paxtachilik i.t. institutining Buxoro filiali (1928—94-yillarda Buxoro paxtachilik tajriba stansiyasi) faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyatda Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzeyqo‘riqxonasi (uning 6 filiali bor), 450 ommaviy kutubxona, 148 klub, 210 madaniyat uyi, 7 madaniyat va istirohat bog‘i, 15 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasi (1921) respublikadagi nufuzli kutubxonalardan sanalib, unda noyob qo‘lyozmalar mavjud. Buxoro viloyati da 2 ta teatr bor. Sadriddin Ayniy nomidagi musiqali drama va komediya teatri to‘ng‘ich oʻzbek professional teatrlardan biri. 1921-yil xavaskorlar guruhi asosida tashkil qilingan. Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri 1982-yil tashkil qilingan. Buxoro viloyati dan Olim Xo‘jayev, Hikmat Latipov, Saʼdixon Tabibullayev, Lutfulla Nazrullayev, Nazokat Neʼmatova, Aminjon Akobirov, Razzoq Hamroyev kabi yirik sanʼatkorlar; Domla Halim Ibodov, [[Ota Jalol Nosirov]], Ota G‘iyos Abdug‘aniyev, Levina Hofiz, Sattor Yarashev, O‘lmas Rasulov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Mustafo Bafoyev singari xalq hofizlari va kompozitorlari. [[Maryam Yosubova]], [[Tesha Mo‘minov]], [[Baxtiyor Ixtiyorov]], Ahmadjon Shukurov singari xalq artistlari yetishib chiqqan.Sog‘liqni saqlash. Viloyatda 6700 o‘rinli kasalxonada 4343 vrach va 16100 o‘rta tibbiy xodim ishlab turibdi. 22 ayollar konsultatsiyasi, 281 qishloq vrachlik punkti, 68 feldsherakusherlik punkti, 28 qishloq uchastka kasalxonasi bor. 17 poliklinikada jarrohlik markazlari, 9 ambulatoriyada ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Viloyatda 3 sanatoriy, jumladan Sitorai Moxi Xosa sanatoriysi mavjud. Buxoro shahridan 25 km narida To‘dako‘l dam olish maskani joylashgan. 2001-yilgacha o‘z kasbi bo‘yicha xususiy ish faoliyati yuritish uchun viloyatda 150 mutaxassisga litsenziya berildi. Sport. Buxoro viloyati sportchilarisportning ko‘plab turlari bo‘yicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, chim ustida xokkey, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Buxoro viloyati da shakllangan va o‘z tarixiy ildiziga ega buxorocha kurash bugungi kunda o‘zbekcha kurash sifatida jahon sport olamida o‘ziga xos o‘rin e gall ad i. Buxorodan sambo bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbonov, 2 marta jahon chempioni Shuhrat Xo‘jayev, jahon chempionlari Shuhrat Ochilov, Botir Turdiyev, Ra uf Boltayev, Botir Xujayev, kurash bo‘yicha 1-jahon chempionlari Akobir Qurbonov, Kamol Murodov, 1Osiyo chempioni Farhod Turayev, Shuhrat Saʼdiyev (yunonrum kurashi), Narimon Otayev (boks) kabi mashhur sportchilar yetishib chiqqan. „Sitora“ ayollar jamoasi chim ustida xokkey bo‘yicha Osiyo chempionlari kubogi sohibidir (2000). O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sport turlari Buxoro shahri va viloyatida ommalashdi. Zamonaviy sport inshootlaridan „Buxoro“ futbol klubining 25000 tomoshabinga mo‘ljallangan „Buxoro“ stadioni, „Semurg‘“ suv havzasi, „Olimpiya“ sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar o‘tkaziladigan „Xumo“ tennis korti mavjud. Buxoro viloyati da 44 bolalar va o‘smirlar sport maktabida 27 mingdan ziyod o‘quvchi taʼlim oladi (2001).Adabiyoti. Buxoro qadimdan shoir va ulamolar to‘plangan eng yirik shaharlardan biridir. Unga „Qubbat ulislom“, „Buxoroyi tarif“ unvonlari berilgan. Buxoroda „malik ulkalom“ Abu Abdulloh Jaʼfar Rudakiy yashab, ijod qildi. Narshaxiyshtt „Buxoro tarixi“ asarida go‘zal sheʼriy parchalar mavjud.
== Manbalar ==
|