Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vekifikatsiya, imlo, replaced: a’mi → aʼmi (20) using AWB
Qator 1:
[[Tasvir:UN flag.png|right|156px|thumb|Birlashgan Millatlar Tashkiloti]]
 
'''Birlashgan millatlar tashkiloti''' (BMT) — yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlashtaʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943 yilda, Ustavi esa SanFransisko konferensiyasida 1945 yilda qabul kilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000 yilda esa ular soni 189 ga yetdi. BMTning doimiy ish o‘rni (shtab kvartirasi) — NyuYork. BMT Ustavida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huqukdi bo‘lishi va o‘z takdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iktisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini ta’minlashnitaʼminlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
 
2000 yil 6—8 sentabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida "Ming yillik sammiti" bo‘lib o‘tdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiyiktisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doyr muammolar muhokama qilinib, yangi yuz yillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan kabul qilgan deklaratsiyada 2015 yilgacha ’minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga bo‘linadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning ma’muriymaʼmuriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo‘limi. BMT sessiyasi yidda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT a’zolariaʼzolari ko‘pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’loneʼlon qilganidan keyin ko‘p o‘tmay—1992 yil 2 martda BMTga a’zoaʼzo bo‘ddi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zRning Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning Ta’limTaʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham a’zoaʼzo bo‘ldi.
 
O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan a’zoaʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993 yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bag‘ishlangan sessiyada (1995 yil okt.), BMT Bosh Assambleyasining "Ming yillik sammiti" (2000 yil sentabr) da so‘zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr so‘nggidagi eng yirik anjumanida O‘zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog‘liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashtaʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli a’zosiaʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat’iyqatʼiy amal qilmoqda<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Birlashgan Millatlar Tashkiloti qanday faoliyat koʻrsatadi? ==
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti [[1945-yil]] 24-oktabrda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash tufayli tinchlikni barqaror etish jur`atijurʼati bilan toʻlib-toshgan 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda 185 mamlakat, yaʼni dunyoning qariyb barcha mamlakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzolaridir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzosi boʻlgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaro shartnomalardan iborat boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti toʻrtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish, millatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni ragʻbatlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar saʼy-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni oʻynash.
 
Qator 167:
Sobiq Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar davomida yuz bergan koʻplab inson huquqlarini buzish normalari Xavfsizlik kengashini ushbu mojaroda 1993 yili harbiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan shaxslarni sudlash uchun xalqaro tribunal tashkil qilishga majbur etdi. 1994 yili Kengash Ruandadagi genotsidda ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish uchun yana bir tribunal tashkil etdi. Ushbu tribunallar ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha qator sud majlislari oʻtkazdilar. 1998 yil Ruanda boʻyicha tribunal tarixda birinchi marta genotsid jinoyatiga oid ishlar uchun xalqaro sud tashkilotining verdiktini, yaʼni tarixda ilk bor mazkur jinoyat boʻyicha hukmni eʼlon qildi. Sobiq Yugoslaviya boʻyicha tribunal, shuningdek, Kosovodagi mojarolar paytida sodir etilgan jinoyatlarni koʻrib chiqayapti.
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng asosiy maqsadlaridan biri - inson huquqlari keng koʻlamda buzilgan hollarda buning uchun javobgarlik mas`uliyatinimasʼuliyatini barqaror etish uchun xalqaro mexanizm tashkil qilish ishi hukumatlar Xalqaro jinoiy sud tashkil etishga rozilik bildirishganlaridan soʻng, 1998 yilda amalga oshdi. Genotsidda ayblanganlarni va insoniylikka qarshi qilingan boshqa jinoyatlarni jazolash uchun Sudda barcha zarur vositalar mavjud. Xalqaro hamjamiyat Sud tashkil etish uchun ovoz berib, kimki jinoyat sodir etsa, jazoni chetlab oʻtishga, qasosdan qutulib qolishga umid bogʻlamasligi zarurligini qoʻllab-quvvatladi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro insonparvarlik huquqi sohasida qator konvensiyalar ishlab chiqishga oʻz hissasini qoʻshdi.
 
Qator 283:
Kengash xalqaro hamjamiyat tomonidan baʼzi tinchlikni taʼminlash operatsiyalari, shunchaki, "mendan ketguncha, egasiga yetguncha" qabilida, hatto, adolatli ishni amalga oshirishga irodasi boʻlmaganda ham yoki qanday tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi haqida kelishib olinmasdan turib, amalga oshirilgan, degan fikrga keldi. Toʻgʻrisini aytganda, Braximi Maʼruzasi chala-yarim choralardan voz kechib, istakni haqiqat oʻrnida koʻrishdan aniq va keng miqyosda qoʻllab-quvvatlanadigan amaliy rejalarga oʻtishga chorladi. Kengash, muvaffaqiyatli harakatlarga zamin yoʻq boʻlsa, yaxshisi, umuman hech qanday operatsiya oʻtkazmaslik lozimligini; harakatlar amalga oshiriladigan boʻlsa, operatsiyalar yaxshi taʼminlangan va kuchli madadga ega boʻlishi kerak, degan fikrni bildirdi.
 
Maʼruzada ishonchli harbiy ishtirokka zarurat tugʻilsa, koʻp sonli, yaxshi qurollangan va yaxshi oʻrgatilgan qoʻshin qoʻllash lozimligi tavsiya etilgan. Kengash tinchlik oʻrnatish missiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun mas`ulmasʼul bosh qarorgohlardagi xodimlar sonini koʻpaytirish va BMTga aʼzo davlatlar, ayniqsa, Havfsizlik Kengashi aʼzolari tomonidan siyosiy, moliyaviy va moddiy jaihatdan yanada kuchliroq qoʻllab-quvvatlanishi lozimligini isbotlab berdi. Shu bilan birga, Kengash tinchlik oʻrnatuvchilarning joylardagi va bosh qarorgohlarlardagi harakatlarini baholashning yanada qatʼiyroq andazalarini belgilab berdi.
 
Bosh Assambleya Tinchlikni saqlash boʻyicha operatsiyalar departamenti xodimlari sonini 50 foizga oshirish va BMTning Brindizidagi (Italiya) Moddiy-texnik taʼminot bazasini taʼminlashga qariyb 150 million AQSh dollari ajratishni maʼqullab, maʼruzaga oʻzining iliq munosabatini bildirdi. Kotibiyat maʼmuriy va taʼminot masalalarida yanada tezkorlikni taʼminlash uchun joylarga yanada kengroq vakolatlar berdi.
Qator 292:
 
=== Xodimlar va boshqaruv ===
2002 yil 1 mayidan boshlab xodimlarni tanlash, joylashtirish va mansabini koʻtarishning yangi tizimi joriy etildi. Bunda ularning muayyan lavozimda ishlagan muddati va qaysi tashkilotdan kelganligiga emas, koʻrsatgan xizmati va lavozimiga munosibligiga koʻproq eʼtibor beriladigan boʻldi. Dasturlar rahbarlari, kadrlarga oid yangi mexanizm umumiy "paketi"ning bir qismi boʻlmish ushbu tizim doirasida hamda Bosh kotib bilan tuzilgan va ularning erishilajak natija uchun mas`uliyatinimasʼuliyatini nazarda tutuvchi shartnoma asosida, xodimlarni oʻzlari mustaqil ravishda tanlash vakolatiga ega boʻladi. Shu tariqa, oʻzgartishlar Bosh kotib tomonidan amalga oshirilayotgan qaror qabul qilishda mas`uliyatnimasʼuliyatni quyi, hatto, operativ xodimlar darajasigacha oshirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar umumiy oqimida kechmoqda.
 
Bosh kotibning Bosh Assambleyaga 2000 yil avgustda taqdim etgan "Inson resurslarini boshqarishga oid islohot" (A-55-253) maʼruzasidagi soddalashtirilgan jarayonlar xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish davom etishi bilan izohlanadi. BMTning amalda oʻz xodimlari orasida turli mamlakatlar fuqarolari vakillarining boʻlishiga erishish hamda yuksak malakali xodimlardan voz kechmagan holda gender balansini yaxshilash tarafdori ekanligi xodimlarni ishga qabul qilish borasidagi qarorlar boshqa tashkilotlardagi kabi tez qabul qilinmasligini anglatadi. Lekin soʻnggi yillarda ishga yollash jarayonining oʻrtacha choʻzilishi 400 va undan ortiq kunni tashkil etdi. Bu esa haddan ziyod koʻpdir. Yangi qabul qilingan tanlov tizimida ishga qabul qilish jarayoni qariyb 90 kunni tashkil etishi belgilab qoʻyilgan.Inson resurslari boshqarmasi, bundan tashqari, xodimlarning mansabini koʻtarishga oid masalani uzogʻi bilan ikki hafta ichida tasdiqlashi va amalga oshirishi lozim.
Qator 307:
1990 yillarda rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga berilayotgan rasmiy (hukumat koʻmagi va qarzlar) hamda xususiy (savdo-sanoat kompaniyalari mablagʻlari, hissadorlik kapitali shaklida mablagʻ ajratish) moliyaviy mablagʻ manbalari oʻrtasidagi nisbatda misli koʻrilmagan oʻzgarishlar roʻy berdi. Bu borada 1981-1990 yillarda rasmiy mablagʻ ajratish barcha mablagʻlarning oʻrta 60% ni, xususiy manbalardan ajratmalar esa 40% ni tashkil etgan boʻlsa, 1991-95 yillarda xususiy sarmoya 80% gacha oʻsgan, rasmiy sarmoyaning hissasi esa 20% gacha pasayib ketgan edi.
 
Bosh kotib Kofi Annan, rivojlanish istiqbolini asosan xususiy sektor belgilab berayotganini hisobga olib, ishni savdo va sarmoyalar oʻsishi borasidagi faollikni yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdan boshladi. 1997 yilda u globallashtirish afzalliklaridan birinchilar qatorida manfaat koʻra boshlagan korporatsiyalarni "jahon fuqarosi" sifatidagi mas`uliyatnimasʼuliyatni ham zimmasiga olishga chaqirdi. Keyinchalik ularga Global shartnoma imzolash taklif etildi. Mazkur hujjatga binoan unga imzo chekkan ishbilarmon tizimlar BMTning inson huquqlari, mehnat standartlari va atrof muhitga oid muhim qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishi lozim. 2000 yilning iyulida Bosh kotib bilan Global shartnomaga bagʻishlab oʻtkazilgan birinchi uchrashuvda taniqli fuqarolik jamiyati va xalqaro mehnat tashkilotlarining ellikdan ortiq rahbari ishtirok etdi. Unda kompaniyalar rahbarlari Bosh kotib tomonidan ilgari surilgan gʻoya oʻz kompaniyalari rahbariyati tomonidan maʼqullanganini maʼlum qildi. Shundan buyon nomi zikr etilgan Shartnomani imzolagan firma va korxonalar soni 300dan oshib ketdi.
 
Ayni paytda, BMT faoliyati turli xastalik, qashshoqlik va haloqatlar oqibatini tugatishga qaratilgan fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirdi. Ular bilan amaliy aloqalar yanada mustahkamlanib, nodavlat tashkilotlarning (NDT) hukumatlararo jarayonlardagi ishtiroki yoʻlga qoʻyildi. Baʼzi davlatlar hukumati hozir bunday tashkilotlarni vakillarini oʻzining Bosh Assambleya doimiy sessiyalarida ishtirok etuvchi delegatsiyalari tarkibiga kiritmoqda, xalqaro konferentsiya va maxsus sessiyalarda esa bunday tajriba oʻzining yanada keng ifodasini topmoqda. Fuqarolik jamiyatiga oid tashkilotlar rahbarlari va ekspertlar umumjahon konferentsiyalariga tayyorgarlikka bagʻishlangan uchrashuvlar va konferentsiyalarda kechadigan muzokaralarda oʻz fikr-mulohazalarini yanada faolroq aytishga kirishgan.
 
Fuqarolik jamiyatlari guruhlari, BMT bilan tobora mustahkamlanib borayotgan aloqalaridan foydalanib, oʻzining xalqaro hayotdagi mavq`einimavqʼeini yanada oshirib, voqealar rivojidagi taʼsirini tagʻin ham koʻtarishi mumkin. Rivojlanayotgan davlatlarning oʻz qarzini toʻlashini yengillashtirishga oid xalqaro rejaning tuzilishiga sababchi boʻlgan 2000 yil yubiley kampaniyasi va piyodalarga qarshi minalarni taʼqiqlashga qaratilgan besh yillik xalqaro kampaniyadan keyin hukumatlar tegishli konventsiyani imzolaganliklari shundan dalolatdir.
 
Fuqarolik jamiyati tashkilotlari inson huquqlari normalarini jahon miqyosida keng yoyish harakatida va Xalqaro jinoyat sudini tuzishda muhim rol oʻynadi. BMTning fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan oʻzaro hamkorlikka yangidan keng quchoq ochishi tufayli boshqa sohalarda ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 2000 yili beshta yetakchi farmatsevtika kompaniyasi OITS tarqalishidan katta talofot koʻrayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni mazkur kasallikka qarshi antiretroviral dori-darmon bilan koʻproq taʼminlash strategiyasini ishlab chiqish masalasida BMT muassasalari bilan muloqotga jalb qilindi. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari farmatsevtika kompaniyalariga koʻrsatgan taʼsir va Bosh kotibning bu masalani soha kompaniyalari bilan muhokama etish chogʻidagi qatʼiyati qator mamlakatlarda dori-darmon narxining keskin tushishiga olib keldi. Bunda dori-darmonning yuqori sifatli, moʻljallangan manzilga aniq yetib borishi va arzon dori-darmondan foydalanish uchun zarur boʻladigan asosiy klinik infratizimning taʼminlanishi borasida zarur choralar koʻrildi.
Qator 323:
2000 yil sentyabrdagi Ming yillik sammitida qabul qilingan Ming yillik deklaratsiyasida belgilab olingan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarda 147 davlat va hukumat rahbarlari hamda 191 mamlakat vakillari rejalarni global tarzda qoʻllash borasida misli koʻrilmagan kengqamrovli maqsadlar majmuini tasdiqladi. Ming yillik deklartsiyasida tinchlik va xavfsizlik, atrof muhitni muhofaza qilish, inson huquqlari, zulmsiz boshqaruv va Afrikaning maxsus ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgan kurashga oid maqsad va boshqaruv printsiplari belgilab berilgan. Rivojlanish borasida qashshoqlikni kamaytirish, kasalliklar, ocharchilik, savodsizlik va genderga oid kamsitishlarga qarshi kurashga qaratilgan muayyan vazifalar qoʻyilgan. Ularni amalga oshirish muddatlari aniq belgilangan: koʻpchilik vazifalar 2015 yilning oxirigacha amalga oshishi kerak. Ming yillik deklaratsiyasida belgilab olingan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlar hozir milliy, regional va xalqaro miqyosdagi ijtimoiy va iqtisodiy rejalashtirishda oʻziga xos hisob nuqtasi sifatida keng qoʻllanilmoqda; mazkur maqsadlar fuqarolik jamiyati, hukumatlar va faoliyati koʻpqirrali tashkilotlarni birlashtiruvchi umumiy gʻoya sifatida xizmat qilyapti.
 
Kofi Annan Bosh kotib lavozimiga ikkinchi marta saylanganidan soʻng Ming yillik deklaratsiyasida beligila berilgan vazifalarni amalga oshirishni Kotibiyat oʻz faoliyatining bosh maqsadi sifatida qabul qilishi lozimligi haqida koʻrsatma berdi. Kotibiyat xalqaro hamjamiyatning bu boradagi faolligini qoʻllab-quvvatlashga oid xatti-harakatlarini kuchaytirdi. Ming yillik deklaratsiyasida belgilangan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarini amalga oshirish borasida qanday ishlar amalga oshirilishi lozim va ularning ijrosi uchun kimlar mas`ulligimasʼulligi qayd etilgan va barcha amal qilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash 2000 yilning sentyabrida boshlangan edi. Bir yil oʻtgach, rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarining bajarilish jarayoniga oid dastlabki yillik hisobot chop etildi. Unda rivojlanishga oid sakkiz sohasi boʻyicha jahon miqyosida va muayyan mintaqalarda erishilgan ijobiy natijalar yoki boy berilgan imkoniyatlardan dalolat beruvchi asosiy tendentsiyalar oʻz ifodasini topgan edi. Amalga oshirilgan ishlar haqidagi bunday hisobotlar 2015 yilgacha har yili chop etib boriladi.
 
== Manbalar ==