Amerika Qoʻshma Shtatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 109.188.124.83 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
Qator 68:
== Kinosi ==
AQShda kino sanʼati rivojlana boshlashi arafasida, 1893 yilda T. A. Edison „kinetoskop“ni ixtiro qildi. Mamlakatda uch yildan keyin kino i.ch. boshlandi. 1908 yildan Gollivud (LosAnjeles yaqinida) AQSh kinematografiyasi markazi boʻlib qoldi. Isteʼdodli rej. D. U. Griffit yaratgan „Millatning tugʻilishi“ (1915), „Chidab boʻlmaslik“ (1916), „Sindirilgan novdalar“ (1919) kabi tarixiy filmlar mustaqil sanʼat sifatida kinoga asos soldi. L. Gish, R. Bartelmes, M. Pikford, K. Marsh, T. Ins, S.de Mill va boshqa kino sanʼati namoyandalari kinematografiya tarixida oʻchmas iz qol-dirdi. 20-yillarda „Shimoldan kelgan Nanuk“ (rej. R. Flaerti, 1922), „Janubiy dengizlarning Moanasi“ (rej. R. Flaerti, 1926), „Ochkoʻzlik“ (rej. E. Shtrogeym, 1924), „Ulugʻ namoyish“ (rej. K. Vidor, 1925) kabi filmlar yaratildi. Ovozsiz kino sanʼatida Ch. Chaplin, G. Lloyd, B. Kiton, R. Arbekl, Ch. Konklin kabi kino qiziqchilari yetishib chiqdi. 20-yillarda kino i.ch. „Metro-Goldvin-Mayer“, „Kolumbiya“, „Paramaunt“, „Uorner Brazers“ degan asosiy kinokompaniyalar ixtiyorida boʻldi. „Rizqi-roʻzimiz“ (rej. K. Vidor, 1934), „Men surgundan qochganman“ (rej. Le Roy, 1932), „Gʻazab“ (rej. F. Lang , 1935), „Jin koʻcha“ (1937) 30-yillarning eng yaxshi filmlaridandir. 2-jahon urushi yillarida „Yettinchi xoch“ (rej. F. Sinneman, 1943), „Shimol yulduzi“ (rej. L. Maylstoun, 1943), „Moskvaga safar“ (rej. J. Uorner, 1943) kabi filmlar paydo boʻldi. 50-yillarda Gollivud koʻp seri yal i filmlar chiqara boshladi: „Ben-Gur“, „Spartak“, „Kleopatra“ va boshqa „Nyu-York maktabi“ deb atalgan ilgʻor maktab ki-nematografchilari „Bauerida“ (1956), „Qayt, Afrika“ (1959), „Oʻqraygan koʻz“, „Soyalar“, „Aloqdchi“ kabi filmlarni yaratdilar. 60-yillardagi AQSh kinofilmlarining eng yaxshilari qatoriga „Bonni va Klayd“ (A. Peni, 1966), „Favqulodda hodisa“ (S. Lyumet, 1967), „Janubning diqqinafas tunida“ (M. Nikole, 1967), „Bitiruvchi“ (1968) kabilar kiradi. 70—80-yillarda koʻngilochar va sarguzasht filmlar, „dahshat“ va „falokat“ filmlari chiqarishga kirishib ketildi. AQSh kinoaktyorlari — B. Lankaster, S. Tresi, M. Brando, G. va D. Fondalar, D. Xofman. AQShda kino sanʼati oʻquv va i.t. muassasalari, jumladan, Kino sanʼati akademiyasi (1927 yilda asos solingan) bor, u har yili mamlakat va chet ellarda yaratilgan eng yaxshi filmlarga „Oskar“ mukofotini beradi.
1952-yili O'zbek film ,,Oskar'' olishga muofaq bo'ldi
 
== Oʻzbekiston—Amerika munosabatlari ==