Abu Bakr Siddiq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: vekifikatsiya, imlo, replaced: a’va → aʼva (4) using AWB
k →‎top: vekifikatsiya, imlo, typos fixed: i - A → i-A using AWB
Qator 1:
{{Islom}}
'''Abu Bakr Siddiq''' (to‘liq nomi - Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; 571 — 634) — [[Muhammad (sav)]] daʼvati bilan islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan, dastlabki to‘rt xalifadan birinchisi (632—634). Muhammad(sav)ning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (Oyshaning otasi). Yirik savdogar. [[Makka]]ning [[quraysh]] qabilasidan. [[Islom]]ga kirishdan oldin ismi Abdulkaʼba edi. Abdullo ismini [[Muhammad (sav)]] qo‘ygan. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va meʼroj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdiqlagan. Muhammad payg‘ambar (sav) unga Siddiq, yaʼni imoni kuchli deb laqab berdi. [[Makka]]dan [[Madina]]ga hijrat qilishda Muhammad(sav)ga hamroh, g‘orda hamnishin bo‘ldi. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va boshqa joylardagi janglarda ishtirok etdi. A. B. S. obro‘li va badav-lat kishi bo‘lgani uchun ko‘p odamlarga yordam qildi, chunonchi, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etdi. Muhammad(sav) vafotidan keyin birinchi xalifa bo‘lib saylandi (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi ko‘targan qo‘zgolonlarini bostirdi. A. B. S xalifaligi davrida arablar [[Iroq]] va [[Suriya]]ni fath qildi. A. B. S Madinada vafot etdi va Muhammad (sav) yoniga dafn qilindi.
 
== Adabiyotlar ==