Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vekifikatsiya, imlo, replaced: a’mi → aʼmi (20) using AWB
k vekifikatsiya, imlo, replaced: * → * using AWB
Qator 12:
 
== Birlashgan Millatlar Tashkiloti qanday faoliyat koʻrsatadi? ==
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti [[1945-yil]] 24-oktabrda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash tufayli tinchlikni barqaror etish jurʼati bilan toʻlib-toshgan 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda 185 mamlakat, yaʼni dunyoning qariyb barcha mamlakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzolaridir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzosi boʻlgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaro shartnomalardan iborat boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti toʻrtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish, millatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni ragʻbatlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar saʼy-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni oʻynash.
Qator 21 ⟶ 20:
 
=== Xavfsizlik Kengashi ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barqaror etish borasida Xavfsizlik Kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va u tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har qanday daqiqasida chaqirilishi mumkin.
 
Qator 32 ⟶ 30:
 
=== Bosh Assambleya ===
 
Bosh Assambleya - oʻziga xos butunjahon parlamentining insoniyatning eng dolzarb muammolari koʻrib chiqilayotgan majlislarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi boʻlgan barcha mamlakatlar vakillari qatnashadi. Har bir aʼzo-mamlakat bir ovozga ega. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni muayyan darajada saqlab qolish tavsiyalari yangi aʼzolarni qabul qilish yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti budjetini tasdiqlash, shu jumladan, tinchlikni saqlash operatsiyalariga mablagʻ ajratish singari muhim masalalar koʻpchilik, aniqrogʻi, uchdan ikki qism ovoz bilan qabul etiladi.
 
Qator 40 ⟶ 37:
 
=== Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash ===
 
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Bosh Assambleyaning umumiy rahbarligi ostida harakat qilib Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi muassasalar faoliyatini ijtimoiy va iqtisodiy sohada muvofiqlashtirib turadi. Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama etish va shu sohadagi siyosat borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun bosh anjuman hisoblangan Kengash taraqqiyot maqsadlarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. Kengash ish faoliyatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Fuqarolar jamiyati oʻrtasidagi oʻsha muhim hayotiy muloqotni qoʻllab-quvvatlagan holda tegishli nohukumat tashkilotlari bilan maslahatlashadi.
 
Qator 48 ⟶ 44:
 
=== Vasiylik Kengashi ===
 
Vasiylik Kengashi 7 aʼzo-mamlakat qoʻl ostidagi 11 vasiylik hududida xalqaro nazoratni taʼminlash, shuningdek, ularning hukumatlari bu hududlarda oʻz-oʻzini boshqarish yoki mustaqillikning zarur chora-tadbirlarini koʻrishlari uchun xalqaro nazoratni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. 1994 yilga kelib vasiylik hududlarining barchasi oʻzlarini boshqara boshladilar yoki alohida davlatga aylanib mustaqillikka erishdilar, yoxud mustaqil qoʻshni davlatlar bilan qoʻshilishdi. Eng oxiri boʻlib bunday tadbirni Qoʻshma Shtatlari qoʻl ostida boʻlgan Tinch okean orollari (Palau) vasiylik hududi amalga oshirdi va 185-aʼzo davlat boʻlib qoldi.
 
Qator 57 ⟶ 52:
 
=== Kotibiyat ===
 
Kotibiyat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik Kengashi va boshqa tashkilotlari koʻrsatmalariga muvofiq tezkor va maʼmuriy ishlarni amalga oshiradi. Uni umumiy maʼmuriy rahbarlikni olib boradigan Bosh kotib boshqaradi.
Hozirgi vaqtda Kotibiyat qariyb dunyoning 160 mamlakatidan boʻlgan 8900 kishi ishlaydigan yetti deportament va turli boshqarmalardan tashkil topgan. Bundan tashqari Nyu-York, Jeneva, Vena va Nayrobida Birlashgan Millatlar Tashkilotining boʻlimlari mavjud.
 
=== BMT tinchlikni barqaror etish uchun nimalar qiladi? ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng bosh vazifalaridan biri - butun dunyoda tinchlikni barqaror etishdir. Nizomga binoan aʼzo-mamlakatlar oʻzlarining xalqaro kelishmovchiliklarini tinch yoʻl bilan hal etadi, qurolli kuchlarni boshqa davlatlarga nisbatan qoʻllamaydilar, ularga tahdid solmaydilar.
 
Qator 69 ⟶ 62:
 
=== Qurolsizlanish ===
 
Qurol-yarogʻlar tarqalishiga chek qoʻyish, shuningdek, yalpi qirgʻin qurollarining qisqartirilishi, pirovardida, ularning barcha zahiralari yoʻqotilishiga erishish eng muhim vazifalardan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurolsizlanish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish, shu sohada tavsiyalar ishlab chiqish va tadqiqotlar tashabbuskori boʻlish uchun doimiy forum vazifasini oʻtaydi. U qurolsizlanish boʻyicha Konferensiya va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida olib boriladigan koʻpqirrali muzokaralarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu muzokaralar natijasida Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi keng qamrovli shartnoma (1996 yil) va yadro qurolidan xoli zona toʻgʻrisidagi shartnoma kabi xalqaro kelishuvlar roʻyobga chiqdi.
Shuningdek, bundan boshqa kimyoviy (1992 yil) va bakteriologik (1972) qurollarning zahiralarini tayyorlash, ishlab chiqish va toʻplashni taʼqiqlovchi, dengiz va okeanlar tubiga (1971 yil) va kosmik fazoga (1967 yil) yadro qurolini joylashtirishni taʼqiqlovchi shartnomalar, shu singari yana boshqa turdagi qurollarni taʼqiqlovchi yoki chegaralovchiartnomalar tuzilgan edi. 1977 yilda yer usti minalaridan foydalanishni taʼqiqlovchi konvensiyaga 100 dan ortiq davlat imzo chekdi.
Qator 77 ⟶ 69:
 
=== Tinchlikni barqaror etish ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining tinchlik oʻrnatish faoliyati doirasida diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda qarama-qarshi boʻlib qolgan tomonlarning yarashishlariga yordam beradi. Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlik borasidagi oʻz saʼy-harakatlari doirasida mojaroni bartaraf etish va tinchlik oʻrnatish yoki uni, masalan, muzokaralar yoxud Xalqaro Sud yordamida barqaror etish yoʻllarini tavsiya qilishi mumkin.
 
Qator 83 ⟶ 74:
 
=== Tinch qurilish ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining faoliyati - jabr-zulmning tub sabablarini imkon qadar koʻproq bartaraf etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham tinch qurilishning eng muhim unsurlaridan biri - taraqqiyot uchun yordamni ayamaslikdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimning boshqa tashkilotlari bilan hamkorlikda va davlatlar orasidagi donor mamlakatlar hamda nohukumat tashkilotlari ishtirokida butun jamiyatning baxt-saodati uchun, qonun-qoidalar ustuvorligini barqaror etish uchun mojarolar oqibatlarini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda saylovlar oʻtkazish va inson huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan, boshqarishni takomillashtirishni qoʻllab-quvvatlaydigan yordam koʻrsatadi. Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu mamlakatlarga mojarolar oqibatida izdan chiqqan maʼmuriy tizimni, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa unsurlarini tiklashga yordam beradi.
Qator 89 ⟶ 79:
 
=== Tinchlikni saqlab qolish ===
 
Xavfsizlik Kengashi oʻzining tinchlikni saqlash va xalqaro xavfsizlik borasidagi saʼy-harakatlari doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash bhyicha operatsiyalarining vakolat va mandat doiralarini tasdiqlab beradi. Muzokaralar davrasida uzoq muddatga moʻljallangan qarorlar ustida izlanishlar olib borilayotgan paytda, bunday operatsiyalarning koʻpchiligida oʻt ochishni toʻxtatish rejimini kuzatayotgan yoki oraliq zona tashkil etgan harbiy xizmatchilar ishtiroki koʻzda tutiladi. Boshqa operatsiyalarda saylovlarni tashkil etishga yordamlashadigan yoki inson huquqlari himoya etilishini nazorat qiladigan fuqaro politsiyachilar va fuqaro mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Sobiq Yugoslaviya Respublikasining Makedoniyasida amalga oshirilgan shunga oʻxshash baʼzi operatsiyalar ehtiyot chorasi sifatida talqin etildi va u harbiy harakatlarni kengayib ketishining oldini oldi. Koʻpgina hollarda operatsiyalar tinch muzokaralarga amal qilinishini nazorat etishga yoʻnaltiriladi va hududiy tashkilotning tinchlik oʻrnatuvchi kuchlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
 
Qator 97 ⟶ 86:
 
=== Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik oʻrnatish boʻyicha faoliyati ===
 
==== Afrikada... ====
 
Qator 105 ⟶ 93:
 
==== Osiyoda... ====
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kambodja mamlakatida 1992-1993-yillardagi keng koʻlamli operatsiyasi tugallanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi muassasa va tashkilotlari fuqarolik jamiyati, inson huquqlari va demokratiyani mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini davom ettirmoqdalar.
 
Qator 113 ⟶ 100:
 
==== Yevropada... ====
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qariyb 4 million kishiga favqulodda insonparvarlik yordami koʻrsatib sobiq Yugoslaviyadagi mojarolarni bartaraf etishga astoydil harakat qilmoqda. 1991 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurol-yarogʻ yetkazib berishga chek qoʻydi; ayni paytda Bosh kotib va uning vakili qon toʻkishni toʻxtatish uchun yoʻnaltirilgan diplomatik saʼy-harakatlar bilan yordam qila boshladi. 1992 yildan 1995 yilga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchi kuchlari Xorvatiyada tinchlik va xavfsizlikni tiklashga harakat qildilar, Bosniya va Gersegoviniya fuqaro aholisining xavfsizligini taʼminlashga yordam berdilar, shuningdek, sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya respublikasi urush girdobiga tortib ketilmasligiga koʻmaklashdilar. 1995 yildagi Deyton (Parij) tinchlik bitimi tuzilganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻrtta missiyasi bu hududda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashdilar. Ularning birmuncha yirigi hisoblangan - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sharqiy Slovoniya uchun muvaqqat maʼmuriyati Xorvatiya tarkibidagi bu hududning reintegratsiya jarayonini kuzatib turdi. Kosovoda (Yugoslaviya Federal Respublikasi) NATOning bombardimonlarini toʻxtatilganidan va Yugoslaviya qurolli kuchlari chiqarilganidan soʻng, 1999 yili bu yerda BMT muvaqqat xalqaro maʼmuriyat tashkil etdi. Xavfsizlik kengashi BMTning bu maʼmuriyatiga Kosovo xududi va xalqiga nisbatan barcha qonuniy, ijroiy va huquqiy vakolatlarga qadar bGʻlgan favqulodda vakolatlar yaratib bermoqda. Yevropa ittifoqi, Yevropa xavfsizligi va hamkorligi tashkiloti, BMTning qochoqlar ishi boʻyicha Oliy komissari va Birlashagan Millatlar Tashkiloti demokratik jamiyat hamda barqaror avtonomiya tashkil etishda Kosovo xalqi bilan ish olib bormoqda.
 
==== Amerika qitʼasida... ====
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish borasidagi faoliyati va uning tinchlikni oʻrnatish boʻyicha saʼy-harakatlari Markaziy Amerikada paydo boʻlgan toʻqnashuvni bartaraf etishda katta rol oʻynadi. 1989 yili Nikaraguada tinchlik oʻrnatish borasidagi saʼy-harakatlar tufayli qarshilik koʻrsatish kuchlari ixtiyoriy tarzda tarqatib yuborildi va uning qatnashchilari oʻz qurollarini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga topshirdi. 1990 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi Nikaraguadagi saylovlarni kuzatdi - bu, mustaqil mamlakatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuzatuvida oʻtgan birinchi saylov edi.
 
Qator 125 ⟶ 110:
 
==== Yaqin Sharqda... ====
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti beshta oʻnyillik mobaynida (bu muddat davomida besh marta keng koʻlamdagi urush olovi alanga olgan) Arab - Isroil mojarosiga katta diqqat-eʼtibor bilan qarab keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqqoniy va mustaqkam tinchlik oʻrnatish tamoyillarini muammoni hal etishning mustahkam asosi boʻlib qoladigan Xavfsizlik Kengashining 242 (1967) va 338 (1973) sonli ikkita tayanch rezolyutsiyalarida ishlab chiqdi.
 
Qator 138 ⟶ 122:
 
=== Inson huquqlari ===
 
1948 yili Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari deklaratsiyasida barcha erkak va ayollar uchun umumiy boʻlgan asosiy huquq va erkinliklar, jumladan, yashash, ozodlik va fuqarolik huquqlari, fikr, vijdon va din erkinliklari, mehnat qilish, bilim olish va boshqarishda ishtirok etish huquqlari eʼlon qilingan.
 
Qator 154 ⟶ 137:
 
=== Xalqaro huquq ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi Birlashgan Millatlar Tashkiloti oldiga xalqaro huquq va uning kodifikatsiyasini ilgʻor taraqqiyot yoʻliga burishdan iborat aniq vazifa qoʻygan. Bu ishning natijasi hisoblangan konvensiyalar, shartnomalar va normalar xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish uchun asos yaratadi. Bu konvensiyalarni ratifikatsiya etgan davlatlar huquqiy jihatdan uni bajarishga majburdirlar.
 
Qator 164 ⟶ 146:
 
=== Jazosizlikka chek qoʻyiladi ===
 
Sobiq Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar davomida yuz bergan koʻplab inson huquqlarini buzish normalari Xavfsizlik kengashini ushbu mojaroda 1993 yili harbiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan shaxslarni sudlash uchun xalqaro tribunal tashkil qilishga majbur etdi. 1994 yili Kengash Ruandadagi genotsidda ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish uchun yana bir tribunal tashkil etdi. Ushbu tribunallar ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha qator sud majlislari oʻtkazdilar. 1998 yil Ruanda boʻyicha tribunal tarixda birinchi marta genotsid jinoyatiga oid ishlar uchun xalqaro sud tashkilotining verdiktini, yaʼni tarixda ilk bor mazkur jinoyat boʻyicha hukmni eʼlon qildi. Sobiq Yugoslaviya boʻyicha tribunal, shuningdek, Kosovodagi mojarolar paytida sodir etilgan jinoyatlarni koʻrib chiqayapti.
 
Qator 189 ⟶ 170:
 
=== Insonparvarlik yordamlari ===
 
Favqulodda yordamlar Koordinatori insonparvarlik yordamini ishlab chiqish siyosati va insonparvarlik masalalariga eʼtiborni tortish, jumladan, oʻq otish qurollarini tarqatish oqibatlari yoki sanksiyalarning insonparvarlik qudratidan jamoatchilik xabardorlik darajasini oshirishga yordamlashish borasidagi ishlar uchun javob beradi.
 
Qator 201 ⟶ 181:
 
=== Falastin qochoqlari ===
 
Falastin qochoqlariga yordam berish ishlarini 1949 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam va Ishlarni tashkil etish boʻyicha Yaqin Sharq agentligi olib bormoqda. Bugungi kunda agentlik roʻyxatga olingan 3 milliondan ortiq falastin qochoqlariga sogʻliqni saqlash, maorif, favqulodda yordam va ijtimoiy xizmat sohalarida asosiy koʻmak berib keladilar. 1993 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Koordinatori - Birlashgan Millatlar Tashkiloti yoʻli bilan Gʻazo va Gʻarbiy sohildagi Falastin aholisiga taraqqiyot sohasida beriladigan barcha yordamlar ustidan nazorat olib boradi.
 
=== Iroq boʻyicha Dastur Boshqarmasi ===
 
1966 yilda muvaqqat chora sifatida Bosh kotib Iroq boʻyicha Dastur Boshqarmasini taʼsis etgan edi. Iroq tomonidan Xavfsizlik Kengashining bu mamlakatga nisbatan sanksiya joriy etgan qator rezolyutsiyalari bajarilguniga qadar Boshqarma oʻzining "neft oʻrniga oziq-ovqat" dasturi asosida Iroq aholisining insonparvarlik talablarini qondirib turadi.
 
=== Taraqqiyot maqsadida BMT nimalar qilmoqda? ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy vazifalaridan biri yanada yaxshiroq hayot tarzini, ish bilan toʻliq bandlikni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va rivojlanish uchun sharoitlarni taʼminlashdan iboratdir. Bu vazifa ijrosi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining 70 foiz faoliyati mashgʻuldir. Ushbu faoliyat asosida - qashshoqlikni bartaraf etish va hamma joyda insonlar farovonligi darajasini oshirish - butun dunyoda mustahkam tinchlikni taʼminlash sharoitini yaratish yoʻlidagi zarur qadamlarga ishonch yotadi.
 
Qator 215 ⟶ 192:
 
=== Kun tartibini tayyorlash ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot manfaatlari yoʻlidagi saʼy-harakatlar borasidagi xalqaro konsensusni ishlab chiqishda hal qiluvchi rol oʻynaydi. 1960 yildan boshlab Bosh Assambleya Taraqqiyotning qator oʻnyilliklar xalqaro strategiyasi doirasidagi birinchi darajali ishlari va vazifalarining kun tartibiga qoʻyilish tarzini aniqlashga yordam bermoqda. Bu oʻnyilliklar dasturi diqqat-eʼtiborida aniq masalalar turibdi, unda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha yoʻnalishlari boʻyicha taraqqiyotga erishish zaruriyati shubhasiz taʼkidlanadi. Rivojlanishning toʻrtinchi oʻnyilligi (1991-2000 yillar) doirasida quyidagi toʻrt soha: qashshoqlik va ochlik, inson resurslari va institutsional (belgilangan qoida va tartiblar asosidagi) rivojlanish, xalq va atrof muhit kabilarga ustuvorlik beriladi.
 
Qator 222 ⟶ 198:
 
=== Taraqqiyot maqsadlaridagi yordam ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi - shu jumlaga kiradigan Tashkilotning oʻzi, uning ixtisoslashtirilgan muassasalari, dasturlari va jamgʻarmalari ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarni qoʻlga kiritishga yordam berishda koʻpqirrali faoliyat olib bormoqda. Ixtisoslashtirilgan muassasalar (oxirgi berilgan roʻyxatga qarang) mandati ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning qariyb barcha jabhalarini qamrab oladi. Bu muassasalar dunyoning barcha mamlakatlariga texnik yordam koʻrsatadi va ularga boshqa shakllarda amaliy yordam beradi. Ular Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatib siyosatni ishlab chiqishga, rahbarlik tamoyillarini aniqlashga, yordamlar tashkil etish va mablagʻ jalb qilishga koʻmaklashadi.
 
Qator 239 ⟶ 214:
 
=== Resurslar birlashmasi ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi muassasa va tashkilotlar oʻzlarining kompetensiyalaridagi barcha sohalarni qamrab olgan holda har qanday yolgʻiz harakat qilgan mamlakatning qurbi yetmaydigan murakkab muammolarni hal etish uchun oʻz kuch-qudratlarini yana ham yaxshiroq jipslashtirmoqda.
 
Qator 249 ⟶ 223:
 
=== BMTdagi islohotlar: 1997-2002 yillar ===
 
Kofi Annan 1997 yil BMT Bosh kotibi lavozimida vazifasini bajarishga kirishishi bilan BMT faoliyatini yanada yaxshilashga va oʻzidan oldingi rahbarlar boshlagan islohotlarning toʻla amalga oshishiga yoʻnaltirilgan tezkor choralar koʻrishga kirishdi. Dastlabki olti oyda Bosh kotib xodimlarning vazifalari oʻrtasidagi oʻzaro takror holatlarga barham berib, muvofiqlashtirish va hisobot berishni yaxshilash maqsadida, BMT tarmoqlaridagi tashkiliy tizimni birlashtirdi va Tashkilotning yetakchi rahbarlari mahkamasini tuzdi. Bu islohotlar BMTning eng asosiy qismi - uning xodimlari ishini yaxshilashga yoʻnaltirilgan edi.
 
Qator 259 ⟶ 232:
 
=== Qayta tashkil etish ===
 
Bosh kotibning BMT tashkiliy tizimini oqilona tashkil etishga qaratilgan ilk qadami uning bu lavozimdagi birinchi muhlatining dastlabki oyidayoq - 1997 yil yanvarida amalga oshirildi. BMTning oʻttizta departamenti, jamgʻarma va dasturi sohalar boʻyicha toʻrtta tarmoq: tinchlik va xavfsizlik, gumanitar masalalar, rivojlanish, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha guruhlarga birlashtirildi. Bu guruhlarning ishini muvofiqlashtirish uchun ijroiy qoʻmita tashkil etildi (ijroi qoʻmita aʼzolarining roʻyxatiga qarang). Bir paytning oʻzida 1996 yilida boʻsh turgan mingga yaqin lavozim butunlay bekor qilindi.
 
Qator 279 ⟶ 251:
 
=== Tinchlik oʻrnatish faoliyati ===
 
1999 yilning soʻngida Bosh kotib BMTga aʼzo davlatlar va xalqaro fuqaro xizmatchilarni xalqaro hamjamiyatning 1994 yil Ruandadagi genotsidning va 1995 yili Srebrenitsa qulashining oldini olish borasidagi oʻrinishlari besamar ketganligini eʼtirof etishga chaqirdi. Bundan keyingi tinchlik oʻrnatish operatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha amaliy va amalga oshirilishi mumkin takliflarni ishlab chiqish uchun maxsus tanlab olingan ekspertlar kengashi chaqirildi va 2000 yil avgustida, Ming yillik sammiti arafasida BMTga aʼzo davlatlarga mazkur kengash raisi Laxdara Braximi nomi bilan atalgan "Braximi Maʼruzasi" joʻnatildi.
Kengash xalqaro hamjamiyat tomonidan baʼzi tinchlikni taʼminlash operatsiyalari, shunchaki, "mendan ketguncha, egasiga yetguncha" qabilida, hatto, adolatli ishni amalga oshirishga irodasi boʻlmaganda ham yoki qanday tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi haqida kelishib olinmasdan turib, amalga oshirilgan, degan fikrga keldi. Toʻgʻrisini aytganda, Braximi Maʼruzasi chala-yarim choralardan voz kechib, istakni haqiqat oʻrnida koʻrishdan aniq va keng miqyosda qoʻllab-quvvatlanadigan amaliy rejalarga oʻtishga chorladi. Kengash, muvaffaqiyatli harakatlarga zamin yoʻq boʻlsa, yaxshisi, umuman hech qanday operatsiya oʻtkazmaslik lozimligini; harakatlar amalga oshiriladigan boʻlsa, operatsiyalar yaxshi taʼminlangan va kuchli madadga ega boʻlishi kerak, degan fikrni bildirdi.
Qator 304 ⟶ 275:
 
=== Fuqarolik jamiyati va ishbilarmon doiralar ===
 
1990 yillarda rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga berilayotgan rasmiy (hukumat koʻmagi va qarzlar) hamda xususiy (savdo-sanoat kompaniyalari mablagʻlari, hissadorlik kapitali shaklida mablagʻ ajratish) moliyaviy mablagʻ manbalari oʻrtasidagi nisbatda misli koʻrilmagan oʻzgarishlar roʻy berdi. Bu borada 1981-1990 yillarda rasmiy mablagʻ ajratish barcha mablagʻlarning oʻrta 60% ni, xususiy manbalardan ajratmalar esa 40% ni tashkil etgan boʻlsa, 1991-95 yillarda xususiy sarmoya 80% gacha oʻsgan, rasmiy sarmoyaning hissasi esa 20% gacha pasayib ketgan edi.
 
Qator 332 ⟶ 302:
 
== Yana qarang ==
* [[BMT: Davlatlarning amaldagi doimiy vakillari]]
 
{{OʻzME}}