Forobiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: imlo, replaced: shaxar → shahar using AWB
k vekifikatsiya, imlo, replaced: Davon → Dovon using AWB
Qator 57:
F. musiqani inson tarbiyasiga taʼsir qiluvchi omillardan biri deb billi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bagʻishlovchi, histuygʻulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir "Musiqa haqida katta kitob" nomli koʻp jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida maʼlumot berdi; ilmi iyqo, ilmi taʼlif fanlariga asos soldi. Yuqoridagi asarida oʻtmishdagi musiqashunos va tadqiqotchilar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshganligini alohida qayd qiladi. Shuningdek, kuylar uygʻunligi, kuy ijro etish usullari haqida soʻz yuritadi. Rivoyatlarda keltirilishicha, F. yangi musiqa asbobi yaratgan, kuy bastalagan, mohir sozanda sifatida nom chiqargan. F.ning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang holida sezgi quvvatlariga taʼsir qiladi.
 
F.ning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq toʻgʻrisida yaratgan yaxlit taʼlimoti ilk oʻrta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Oʻrta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn alKiftiy, Ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqa Forobiyning taʼlimotini chuqur oʻrganib, uni yangi gʻoyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin DavoniyDovoniy F.ning ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy taʼlimotidan bahramand boʻlganlar.
 
F. ilgari surgan fikrlar 16—20a. larda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir koʻrsatdi.
Qator 66:
 
== Manbalar ==
{{Manbalar}}
 
* Risolalar, T., 1975;
* Filosofskiye traktati, AlmaAta, 1972;
* Fozil odamlar shahri, T., 1993.
 
== Shuningdek qarang ==
* Al Farabi. Nauchnoye naslediye. Sbornik, M., 1975;
* Alikulov X. A., Eticheskiye vozzreniya misliteley Sredney Azii i Xorasana, T., 1992;