Qoraqalpogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k vekifikatsiya, imlo, replaced: l’a, → lʼa, (2) using AWB
Qator 184:
== Geografiyasi ==
Qoraqalpogʻiston Qizilqum sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida joylashgan.
Maʼmuriy – hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’aEllikqalʼa, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.
 
== Davlat boshqaruvi ==
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining oʻrinbosari hamdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi.
 
=== Etnik tarkibi ===
* 32,1 % [[Qoraqalpoqlar]]
Qator 196 ⟶ 197:
 
== Tarixi ==
 
Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII-IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab oʻtgan [[Sak qabilalari|sak]] va [[Massaget qabilalari|massagetlar]] qabilalari bilan bogʻliq. VI-VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar. VIII-X asrlarda bijanaklar va ogʻuzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin ularning tilini qabul qila boshlagan. Qoʻlyozma manbalarda (rus yilnomalarida) “Chyornie klobuki”, “Qavmi kulaxi-siyax” (Rashid ad Din) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol oʻzbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab Qoʻngʻirot, keyinchalik Shaxtemir (hozirgi Chimboy tumani) boʻlgan. Qoraqalpoqlar yarim koʻchmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shugʻullanadi.
 
[[1811|1811-yildan]] boshlab Qoraqalpoqlar [[Xiva xonligi]]ga qaram boʻlganlar. [[1873|1873-yilda]] chor qoʻshinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan soʻng Amudaryoning oʻng sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi [[Rossiya imperiyasi|Rossiyaga]] qoʻshildi. Bu yerda [[Turkiston General–gubernatorligi]] Sirdaryo viloyatining Amudaryo boʻlimi paydo boʻladi. Amudaryo boʻlimi 2 ta uchastkaga boʻlinadi: Petro-Aleksandrovsk qal’asiqalʼasi markazi boʻlgan Shoʻraxon uezdi (hozirgi Toʻrtkoʻl shahri) va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uezdi. [[1924|1924-yilda]] millatlarni eʼtiborga olgan holda hududga boʻlish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi tashkil topib, Qozoq avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi.
 
[[1930|1930-yil]] [[20-iyul]]da Qoraqalpoq avtonomiya boʻlimi RSFSR tarkibiga kiradi.
Qator 482:
<!---------------------------------------------------->
 
== Manbalar ==
{{Manbalar}}
== Havolalar ==
* [http://sovminrk.gov.uz/uzb/qoraqalpogiston_respublikasi/ sovminrk.gov.uz]