Saudiya Arabistoni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vekifikatsiya, imlo, replaced: ==Davlat tuzumi== → == Davlat tuzumi == (11) using AWB
Qator 51:
Makka (1967), Madina (1967), Dammam (1969) da yirik televizion markazlar mavjud. Teleeshittirishlar 2 kanal orqali olib boriladi. Sunʼiy yoʻldosh orqali telekoʻrsatuvlar asosiy axborot manbaidir. 70% teletomoshabinlar undan foydalanadi.
[[Fayl:Masjid Abu Bakar Ash-Shiddiq.jpg|thumb|[[Abu Bakr Siddiq]] masjidi]]
 
== Adabiyoti ==
Hozirgi S.A. hududidagi qad. va oʻrta asr adabiyoti arab madaniyati oʻzanida rivojlandi. Hijozda 5— 7-a.larda badaviylar sheʼriyati (ImruulQayS) rivojlandi, 7-a. ning 1-yarmida esa "Qurʼon" xatga tushirildi. Badaviylar sheʼriyati namunalari va "Qurʼon" mumtoz arab tilini namoyon etuvchi buyuk manba hisoblanadi. Arab xalifaligi tashkil topishi, 7-a.ning 20y.larida adabiy hayot markazlarining oʻzgarib turishi (Damashq, Bagʻdod, Kohira va boshqalar) S.A. da adabiyot rivojini birmuncha sustlashtirdi. Vahhobiylar mafkurasi va konservativ jamiyat tuzilishi yangi adabiyot rivojini uzok, vaqtgacha toʻxtatib qoʻydi. Qoʻshni arab mamlakatlarining taʼsirida 20-a.ning 20y.laridan bir qancha shoir, jurnalist, yozuvchilar yetishib chiqdi. Ularning asarlarida maʼrifatparvarlik, romantik va realistik yoʻnalishlar uygʻunlashgan edi. Muhammad Surur asSabbon va Muhammad Hasan Avvad romantik yoʻnalish asoschilari hisoblanadi. Husayn Sirxan, Muhammad Hasan Fiki, Muhammad alAmir arRumeyxa kabi shoirlar mazkur yoʻnalishda ijod qilgan shoirlardir. Mehnatkash xalq hayotini, jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizliklarni fosh etish Ahmad Abd alGʻafur Attor ijodida muxim oʻrin tutadi. 2-jahon urushi (1939—45) dan keyingi davr nasrida Amin Salom Rumayha, Abdulla Munaa, Yusuf bin ashShayx Yaʼqub hikoyalari, Hasan Nosif, Abd asSalom Hoshim Hofiz qissalari realistik yoʻnalishga ega. Realist yozuvchilar asarlarida sentimentalizm ruhi kuchli. 1957 y. Abd asSalom Hoshim Hofizning xotin-qizlar huquqini himoya etishga bagʻishlangan "Hijozlik Samro" nomli birinchi romani nashr etildi. 50y.lardagi publitsistika va adabiy tanqidda Muhammad Hasan Avvad, Abdulla bin Xalis, Saod alBovaridiy, Abdulla Abd alJabbor va boshqa ijodi muhim ahamiyatga egadir.